❌ Mif: Ish beruvchi faqat yillar davomidagi tajribaga qaraydi.
✅ Haqiqat: Ko'pincha ish beruvchi o'rganishga tayyorlikni, mas'uliyatni va amaliyot natijalarini ham baholaydi.
Sizda tajriba allaqachon bo'lishi mumkin:
• pedagogik amaliyot va ochiq darslar 📚
• stajirovka yoki volontyorlik
• kurs loyihalari va taqdimotlar
Nima qilish kerak?
1. Amaliyot natijalarini CV'ga aniq yozing (masalan, "3 hafta davomida 25 nafar o'quvchiga dars o'tdim") ✍️
2. Suxbatda "Bilmayman" o'rniga "Buni o'rganaman, o'tgan amaliyotimda ham shunday qilganman" deng.
Tajriba ishdan oldin ham to'planadi. Faqat uni ko'rsata bilish kerak.
📢 t.me/ADPI_CAREER kanaliga a'zo bo‘ling.
