TGViewer
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi @acdfuz · 4.74K subscribers
Post #14316 516
Venetsiya mezbonlik qilayotgan “Homo Faber 2026” ko‘rgazmasida O‘zbekistonni nafaqat ustalar va ularning asarlari, balki vositachilar bo‘lmish Sabina Jo‘rayeva va Diyorbek Abdullayev ham tamsil etdilar.

Ular har kuni ekspozitsiya mehmonlariga peshvoz chiqib, mohir ustalar haqidagi tafsilotlarni baham ko‘rishdi, o‘zbek hunarmandchiligining usul va an’analari bilan tanishtirib, tashrif buyuruvchilarning savollariga javob berdilar.

Aynan shunday suhbatlar orqali madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyati vujudga keladi – har bir buyum ortida inson, makon va mahorat tarixi namoyon bo‘ladi.

“Homo Faber 2026” anjumani Sabina va Diyorbek uchun mazkur muloqotning bir qismiga aylanish va O‘zbekistonning hozirgi zamon hunarmandchiligini butun dunyodan tashrif buyuruvchi mehmonlarga taqdim etish imkonini berdi.

______

На Homo Faber 2026 в Венеции Узбекистан представляли не только мастера и их работы, но и медиаторы — Сабина Джураева и Диербек Абдуллаев.

Каждый день они встречали гостей экспозиции, рассказывали о мастерах, знакомили с техниками и традициями узбекского ремесла и отвечали на вопросы посетителей.

Именно через такие разговоры рождается более близкое знакомство с культурой — когда за каждым предметом открывается история человека, места и мастерства.

Homo Faber 2026 стал для Сабины и Диербека возможностью стать частью этого диалога и представить современное ремесло Узбекистана гостям со всего мира.

______

At Homo Faber 2026 in Venice, Uzbekistan was represented not only by its craftspeople and their works, but also by mediators Sabina Djuraeva and Dierbek Abdullaev.

Each day, they welcomed visitors to the exhibition, introduced them to the craftspeople, shared insights into the techniques and traditions of Uzbek craftsmanship, and answered their questions.

It is through conversations like these that a closer connection with culture emerges — when every object reveals the story of a person, a place and a craft.

For Sabina and Dierbek, Homo Faber 2026 was an opportunity to become part of this dialogue and to introduce contemporary Uzbek craftsmanship to visitors from around the world.

ACDF | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
  • 👏 2
More from @acdfuz
  1. Oct 2, 20262-oktabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Um…
  2. Oct 2, 20261-oktabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “San’at dunyosi” nomli II Rossiya…
  3. Oct 2, 20261-oktabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Zurab Tseretelining “Mangulikka yo‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →