Ornitolog Maksim Zukka o‘z kitoblarida atrofimizdagi qushlarga: daraxtlar va dalalar orasiga berkinib yurganlarga ham, juda yaqin masofada — shahar tomlari, bolalar maydonchalari yoki deraza ortida uya qurganlariga ham quloq tutishni taklif etadi.
"Écoute les oiseaux" Yevropaning keng tarqalgan qushlari bilan, "Écoute les oiseaux des villes" esa shaharning qanotli mavjudotlari bilan tanishtiradi. Ushbu kitoblar qushlarning patlari va tumshuqlarini yaqindan ko‘zdan kechirishga, odatiy yashash joylarini bilib olishga, shuningdek, maxsus ilova yordamida ularning ovozini eshitishga yordam beradi.
Maksim Zukka kuzning bir necha kunini biz bilan o‘tkazdi: bolalar bilan birga Botanika bog‘ida qushlarni kuzatdi, kutubxonaga o‘z kitoblarini sovg‘a qildi va kitob to‘garagi uchrashuvida ularni o‘qib berdi.
~~~
В своих книгах орнитолог Максим Цукка предлагает прислушаться к птицам вокруг: тем, что прячутся среди деревьев и полей, и тем, что поселились совсем рядом — на городских крышах, детских площадках или за окном.
«Écoute les oiseaux» знакомит с распространёнными европейскими птицами, а «Écoute les oiseaux des villes» — с пернатыми жителями города. Книги помогают поближе рассмотреть их оперение и клювики, узнать о привычных местах обитания, а еще услышать их голоса с помощью специального приложения.
Максим Цукка провел с нами несколько осенних дней: вместе с детьми наблюдал за птицами в Ботаническом саду, подарил библиотеке свои книги и прочитал их на встрече книжного клуба.
Post #3330
331






- 🔥 5