TGViewer
Abu Sulaymaan | IT Blog Abu Sulaymaan | IT Blog @abusulaymaan_dev · 24 subscribers
Post #9 1.17K
Procrastination

Procrastination - ishni orqaga surish, yoki bir talay ish bo‘lsa-da bekorchilik bilan vaqt o‘tkazish, zamonimizning eng global muammolaridan bo‘lsa kerak. Xossatan, IT sohasidagilarda ham ko‘p uchraydi. Menimcha, procrastinationga xastalik deb qarasak ham bo‘ladi.

Bu xastalikning sabablari turli bo‘lishi mumkin - qattiq charchoq, perfeksionizm, yoki uddalay olmaslikdan qo‘rqish. Buni aniqlash qiyin bo‘lsa-da bundan qutulishning nisbatan oson uslublari bor: 

1. Ishni kichik qadamlarga bo‘ling, har birini bitirganda bir yutuqqa erishgandek bo‘lasiz.

2. Aniq deadline qo‘ying va unga ulgurishga qilishga qattiq harakat qiling.

3. Ish paytida barcha chalg‘ituvchi narsalardan xalos bo‘ling.

4. Youtube shorts, reels, doomscrollingdan o‘ta ehtiyot bo‘ling, bular fokus qila olish qobiliyatiga qattiq zarar beradi.

5. Biror ishni boshlay olmayotgan bo‘lsangiz 5 gacha sanab boshlab keting. Bu holatda miyaga bahonalar o‘ylab topish uchun vaqt qolmaydi. 

“O‘ychi o‘ylagancha tavakkalchi ishini bitiradi” deyishadi-ku, shu gapga hayotiy misollar talaygina. Qaysidir kuchli potensialga ega odam o‘ylab yurgan ishni o‘rtacha, lekin harakatchan inson amalda bajarib yutuqlarga erishganini uchratgan bo‘lsangiz kerak. 

Har ishni vaqtida bajarish - muhim ko‘nikma. Cho‘zilib yurmang, shunda hayotdagi fursatlarni qo‘ldan boy bermaysiz inshaaAlloh.

@abusulaymaan_dev
  • 🔥 5
  • 💯 3
  • 👍 1
More from @abusulaymaan_dev
  1. Jul 28, 2024New achievement unlocked: 100 problems solved ✅ Oxirgi oyda har kun bir dona Leetcode masa…
  2. Jul 27, 2024​​Mock Interview Headstarterda Problem Solving bo’yicha AI bilan mock interview bo’lib o’t…
  3. Jul 23, 2024​​Golang Go dasturlash tili o’zining bir nechta ustunliklari bilan juda ko’p kompaniyalar…
  4. Jul 12, 2024Kiber ogohlik Hozirda turli saytlar orqali istalgan “virtual qahramon”ni yaratishingiz mum…
  5. Jul 9, 2024Bismillah Ismim Muhammadrasul. Hozirda dastrulashning Backend yo’nalishida faoliyat olib b…
  6. Jul 9, 2024Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →