Kiber ogohlik
Hozirda turli saytlar orqali istalgan “virtual qahramon”ni yaratishingiz mumkin ekan. Bu kabi texnologiyalarning bir qancha foydalari bilan bir qatorda ba’zi xavfli taraflari ham bor. Aynan sizning yoki yaqinlaringizning rasmini qo‘llab turli maqsadlarda video yoki foto tayyorlashsa-chi?
SI (sun’iy intellekt) va umuman texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda “shaxsiy kiberxavfsizlik” haqida har bir insonda tushuncha bo‘lishi lozim. Shaxsiy ma’lumotlaringiz, rasmlaringizni xavfsiz yerlarda saqlang. Parollaringizni o‘zgartirib turing. Ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik sozlamalarini doimiy tekshirib yuring.
Yuqoridagiga o‘xshash platformalar orqali sizning rasmlaringizdan firibgarlar va boshqa yomon niyatli insonlar foydalana olmasligi uchun har yerda shaxsiy rasmlaringizni ulashavermang, ayniqsa sifatli rasmlaringizni. Undan tashqari kundan-kun chiqayotgan turli SI texnologiyalar va ularning foyda va zararlari haqida doimo xabardor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring.
Bu, ayniqsa, opa-singillarimiz uchun juda muhim deb hisoblayman. Ularning sha’nini himoya qilishlikka jiddiy e’tibor qaratilishi kerak. Buzuq nusxalar tarafidan ushbu texnologiyalar yordamida musulmon ayollarini sha’niga allaqachon hujumlar uyushtirilyapti.
O‘zimizning va atrofimizdagilarning kiberxavfsizligini ta’minlash har birimizning burchimiz. Buning uchun hozirdan harakat qiling.
@abusulaymaan_dev
Post #7
1.02K