Tajribadan o'tkazgan va o'rganganlarim haqida ushbu blogda yozib boraman.
Qisqasi hayotiy xulosalar...
Travelled: ๐บ๐ฟ๐น๐ท๐ฉ๐ช๐ณ๐ฑ๐จ๐ญ๐ซ๐ท๐ฎ๐น๐ฆ๐ฟ๐ฐ๐ฟ๐ฐ๐ฌ
Building: @puretalent_uz @nomas_live
Contact: @CwithA_bot
Post #507
232

Almaty ๐ฐ๐ฟ - Toshkentga eng o'xshash bo'lgan shaharlardan biri.
Qozog'istonning hozirgi poytaxti Astana, ammo 1991-yildan 1997-yilgacha Olmaota poytaxt bo'lgan. Keyinchalik poytaxt Astanaga ko'chirildi.
Astanadan keyingi safarimiz Olmaota shahri bo'ylab bo'ldi. Avvaliga Astanaga ketish oldidan, layoverda havosidan nafas olgandim, lekin shaharga chiqmagandim.
Ertalabki reys bilan 4-may kuni airportga yetib keldim va biroz dam olib, mendan oldin kelgan do'stlarimizning apartmentiga jo'nab ketdim.
Borganimda deyarli hamma uxlab yotishgandi, eshikdan yarim soatcha kira olmadim va kutdim. Birozdan so'ng eshikni ochishdi.
Ertalabki nonushtani qilib, buyurtma qilgan boshqa apartmentimizga joylashib oldik, chunki 1 ta xonaga sig'mas edik.
Barcha narsalarni joyiga qo'yib olib, bu yerga kelishimizga asosiy sababchi bo'lgan GITEX AI Kazakhstan konferensiyasiga jo'nab ketdik.
Tadbir bizdagi ICT WEEK UZBEKISTAN kabi edi, faqat ko'proq AI focused edi. Ko'plab odamlar bilan tanishdim.
GITEX'da Tilmoch.ai'ning ham stendi bor edi, Muhammadsaid aka menga jamoaga yordam berishim va loyihani pitch qilishimni tayinladilar.
Asosan 2 kunimiz ushbu konferensiyada networking va loyiha taqdimotlari bilan o'tdi. 5-may kuni kechqurun shaharni aylandik.
6-may kuni wild nature bo'ldi, Almaty o'zi tabiati bilan qiziq edi. Shymbulak Mountain Resortga borishga reja qildik. Va tushlikka yaqin Yandex scooterlarga minib 40 minutlik masofaga yo'lga chiqdik.
Birinchi marta ushbu scooterlarni sinab ko'rishim edi. Avvaliga uncha yoqtirmasdim ammo ancha yaxshi ulov ekan. Lekin e'tibor qilmasa menga o'xshab qaltis burilishda uchib ketish mumkin ekan:).
Shymbulak - bu bizdagi Amirsoy kabi joy edi. Odamlar kanatlarda (cable car) tog' ustiga chiqib borishi mumkin. Biz 2 tasiga ulgurdik, 3-balandlikka chiqish allaqachon to'xtatilgandi. Shunda ham biz dengiz sathidan 2800+ metr balandlikda edik.
So'ngra ortga qaytib tushdik. Kechki payt Sairan Sports Recreation Parkda sayr qilib yana uyga samokatlarda qaytdik.
Va so'nggi kun 7-mayda esa Almatyda random travel qildik, narsalarimizni apartmentdan olib shahar bo'ylab piyoda yurib sayr qildik.
Yakunda Mega Park mallni aylanib, tushlikni shu yerda qilib, kechki paytga yaqin airport tomon yo'lga otlandik, va kechki Qanot Sharqdagi reysimiz bilan jonajon vatanimizga qaytib oldik.
Umuman, 4 kunlik Olmaota๐ฐ๐ฟdagi safarimizni ko'proq konferensiya va tabiat uyg'unligidagi safar deb atash mumkin edi. Shu shaklda bu yerni ham borgan shaharlarimiz qaydnomasiga qo'shib qo'ydim. Toshkentga juda o'xshash shahar, deyarli Toshkent vibe'ni berib turardi.
Tashkent, Uzbekistan ๐บ๐ฟ
28.06.2026
@AbrorMusulmonov

- ๐ฅ 11
- โคโ๐ฅ 6
- ๐ 5
- โก 2
- ๐ 1
- ๐พ 1
- ๐ 1
- ๐ 1