TGViewer
Channel Public Channel
ABDULAZIZ LEADER | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Motivatsiya | Liderlik

ABDULAZIZ LEADER | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Motivatsiya | Liderlik

@abdulazizleader

Hayotim davomida to'plab borayotgan tajribalarimni, o'qiyotgan kitoblarimdan olayotgan xulosalarimni, tafakkur qilish natijasida hosil bo'layotgan fikrlarimni ushbu kanalda ulashib boraman.
Subscribers
117
Photos
1
Videos
2
Links
3
Recent Posts 20 shown
Post #173 256
Ehson qilmoqchi bo'lmoqchi bo'lganlar diqqatiga !

Bir qori akamizni umraga jo'natmoqchi edik.

O'zlarini yig'ib qo'ygan 400$ lari bor ekan.

Do'stlarimiz bilan qo'ldan kelgancha o'rtaga yig'ishdik.

Ammo yana 100$ cha kerak bo'lib turibdi.

Agar ehson karvonimizga qo'shilmoqchi bo'lganlar bo'lsa chin dildan niyat qilib qo'ldan kelgancha quyidagi karta raqamga tashasela bo'ladi 👇

9860150112892974

Karta Murodjon Qobilov ustozimiz nomlarida Alloh ehsoningizni kamida 10 baravarida qaytaradi
  • ⚡ 5
  • ❤ 1
Post #171 321
Bugun telegramimdagi barcha xabarlarni ochib keraksiz kanallardan tozalab chiqdim.

Sizlarga ham shuni tavsiya qilaman. Maksimal toza tutishni sababi yaqin ichki ishlarga juda ko'p ishim tushdi.

Aynan mana shu diniy kontentlar telegram kanaldagi nasheedlar va hokazolar bo'yicha.

Nasheed deb telegramingizda search qiling va nasheed bor bo'lgan barcha kanallardan chiqib keting.

Va maksimal darajada faqat va faqat rasmiy hujjatga egagina telegram kanallarnigina qoldiring.

Aks holda IIB sizni menga o'xshab ro'yxatga kiritadi. Va doimiy nazoratda bo'lasiz.
  • ❤ 2
Post #170 510
#sevgi #ummat

93.
Sevgi bu - buyuk ne'mat. Sevgi yoshlarning ongiga singdirilgan zahar.

Romantik video, klip, kinolarni ko’rib, turli xil qo’shiqlarni eshitib sevgi borasida shirin xayollarga berilmang, hayotga real qarang.

Chunki kinolar bu haqiqiy hayot degani emas. Kinolardagi romantikalar orqali sevgi barchaga chiroyli ko'rsatiladi, ayniqsa hind va turk kinolarida. Bunaqangi romantik kinolarni ko'rgan yoshlar zavqni, huzurni sevgidan topmoqchi bo'lishadi, sevgi orqali baxt topmoqchi bo'lishadi (vaholanki, ko’pchilik kinolarda berilayotgan sevgi qissalari hayotda o'z o'rnini topgan, oila boqa oladigan insonlar o'rtasida kechadi. Ba’zida bu sevgi ham real hayotda bo’lmaydigan voqealar bilan juda bo’rttiriladi). Hozirgi kunda sevgi aralashmagan kinoni o’zini topish qiyin aslida, chunki kino ishlab chiqaruvchilar insonlarni nima bilan jalb qilishini yaxshi bilishadi. Ya’ni insonlarning nafsi xohishlaridan foydalanishib, biznes qilishadi xuddiki qalloplar kabi, ummatni o’ylashmaydi faqat pul topishsa bo’ldi.

O'sha kinolarda musiqa sevgidagi ayriliq, umid, hijron kabi ishqiy hissiyotlarni yanayam chiroyli qilib ko'rsatishda foydalaniladi. Buni natijasida sevgi borasida omadi chopmagan yoshlar shu kabi qo'shiqlarni eshitib dardimga davo topaman deb o'ylashadi (Alloh turganda, Allohni kalomi turganda) yoki ba’zilari esa shunchaki qo’shiqlardagi ohang tufayli ularni eshitishadi.

Shu tarzda o'zi bir falokat bo'lib turgan sevgi orqasidan 2-falokatni musiqaga bo'lgan ehtiyojni oshiradi. Jamiyat shu tarzda o'zi muammo bo'lganga yechim sifatida yana muammoni ergashtirib muammolarga to’la boshlaydi (Bu bilan musiqalarni barchasi yomon demoqchi emasman).

Shuncha ilmli imomlar, mashhurlikka arziydigan insonlar turganda ilmi yo’q, o’rnak bo’lishga arzimaydigan artistlar ularni o’rnini egallashadi. Bildingizmi bunday muammolarni orqasidan yana qanday muammolar ergashib kelaverishini?

Hozirgi kunda televideniya, ijtimoiy tarmoqlar mana shunaqangi qo'shiq va kinolarga to'lib ketgan. Uning o'rniga yoshlarni ilm olishlariga undaydigan, ularni maqsadlari yo'lida davomli qiladiganlarini ko'paytirish kerak edi. Afsuski, bunday kinolar deyarli yo’q, lekin in shaa Alloh bo’ladi.

Jamiyatdagi ko'pchilik yoshlar shunaqangi fikr bilan yashayaptimi, demak, bu buyuk maqsadli, ilmga ishtiyoqmand yoshlarga ham ta'sir qilmasdan qolmaydi. Millat shu tarzda sekin-sekin o'la boshlaydi. Ummatdan tarixdagi kabi ko'plab 20-25 yoshga yetmasdan dunyolarga sulton bo'lgan, tengi yo'q buyuk olim bo'lgan yoshlar chiqmaydi.

Haqiqiy sevgi turmushdan keyin boshlanadi.

@abdulazizleader
  • ❤ 7
Post #161 1.01K
92. Alloh adolatsiz emas, shunchaki siz sinov dunyosida yashayapsiz.

Alloh kimnidir boylik bilan kimnidir kambag’allik bilan sinayapti.
  • 💯 10
  • ❤ 1
Post #160 964
91. Bo'ydoqlar uchun ro'za tavsiya etilishini payg'ambarimizni hadislarimizdan yaxshi bilamiz va aniqki har kun ham ro'za tutishlik vasatiya yo'llaridan emas chunki bunda nafsni haqqi berilmasdan qoladi.

Shuning uchun payg'ambarimizning o'zlari Dushanba va Payshanba kunlarini ro'za tutishlik uchun maqbul kunlar sifatida tanlanganlar. Lekin o'zlari esa Dovud alayhissalomni ro'zalarini tavsiya qilganlar ya'ni bir kun ro'za tutib, bir kun og'zi ochiq yurishlik.

Men ikkalasini birlashtirib, bo'ydoqlarga ro'zani Dushanba, Seshanba yoki Chorshanba (ixtiyoriy), Payshanba, Shanba kunlari tutishni tavsiya etaman va qolgan kunlarda esa sport bilan shug'ullanishga ham sizda vaqt bo'ladi.
  • ⚡ 9
  • ❤ 1
Post #159 843
90. Dunyo hayoti tush kabidir. Qiyomatda ko’zingiz ochilganda buni his qilasiz. Tush tezda o’tib ketadi.

Agar yomon tush ko’rayotgan bo’lsangiz siqilmang hali uyg’onasiz, yaxshi tush ko’rayotgan bo’lsangiz uyg’ongingiz kelmaydi.
  • ⚡ 5
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #157 838
89. Sevgi bir narsaga nisbatan bo’ladi. Ya’ni Allohga

Qolganlarga nisbatan esa shunchaki o’rganish xolos
  • 👍 6
  • 💯 4
  • ❤‍🔥 1
Post #156 1.04K
88. Ey AbdulAziz o’g’li Umar, ey Umar ibn AbdulAziz ! Necha yillardanki keyin bu postni bir kun albatta o’qiysan, in shaa Alloh !

Xalifai roshidinlarni taniganimdan beri ulardek bo’la oladigan farzand tarbiya qilish niyati qalbimga o’rnashgandir. Seni o’sha Umar ibn Xattobdek, Umar ibn Abdulazizdek bo’lishingni xohlab ismi jismiga mos bo’lsin deb Umar deb ism qo’ydim.

Ey Umarim, senga munosib ona tanlab, senga doim mos ota bo’lishga, o’zim ham mukammal bo’lib, senga ham mukammal tarbiya berishga intildim. Tug’ilsang senga eng yaxshi tarbiya berishga harakat qilamiz.

Agar ey Umarim Umar ibn Abdulazizdek bo’lib yetishmasang otangni bemalol ayblayver. Chunki hozir otang ularning otasidek taqvo qilolmayapti, chunki otang seni ularning otalari kabi tahajjudlarda turib duo qilolmayapti, quronni ham ba’zi-ba’zida ochib oqiydi xolos, bilganlariga amal qila olmayapti, sunnatni hayotiga tatbiq qila olmayapti.

Ey Umarim yuqoridagilarni qo’limdan kelganicha qilyapman, sababi shayton vasvalari meni ba’zida aldab qo’yayapti, nafsimga qarshi qattiq turolmayapman.

Lekin bolam aybdor otang bo’lsa ham sendan Umar ibn Abdulazizdek bo’lishingni istayman.

Ey Umarim, sendan umidlarim katta, ummatimizga buyuk rahbar bo’lishing kerak. Otang AbdulAzizning niyatini amalga oshirish uchun ham harakat qil, ilm o’rgan, rahbar bo’lishdan oldin faqih bo’l. Har sohada eng zo’r bo’l.

Buni Ey Umarim faqat sen o’qishing uchun emas, barcha yoshlar kelajakda buyuk farzandga munosib ota bo’lishlari uchun o’zlarini taftish qilishlari uchun ham yozdim.

Ey yoshlar bo’lajak farzandlarimiz uchun ham otalikka munosib tarzda o’saylik !

@abdulazizleader
  • ❤ 11
  • 🔥 5
  • ⚡ 1
  • 😢 1
Post #155 741
87. Sabrdan oldin ofiyat so’rang.

Ofiyat bu tinchlik, xotirchamlik, sog'likdir.

Sabr esa dard bo'lganda qilinadi.
  • ⚡ 10
Post #154 858
86. Kunim samarali o’tsin desangiz shularga amal qiling !

- Kechqurun ertangi kuningizni rejalashtiring.
- Ertalab erta turing, bomdoddan keyin uxlamang.
- Bomdoddan keyin yasin surasini o'qing.
  • 🤝 5
  • ⚡ 2
  • 👍 1
Post #153 840
85. Bir insonni chindan sevib qolganingizning asosiy belgilaridan biri shuki u hatto yoningizda bo’lsa ham sog’inasiz.

Uning o’zgacha nozlarini, nigohlarini, yosh bola kabi erkalanishlarini, tabassumlarini sog’inasiz.

Uning sizdan 1 soniya ham yiroqlashishini xohlamaysiz.

@abdulazizleader
  • ⚡ 4
  • ❤ 3
  • 😁 2
Post #152 726
Allohga bundanda ziyod hamd aytish duosini ko’rmadim.
  • ❤ 6
  • ☃ 1
Post #150 793
84. Bu dunyodagi eng katta afsusim shu dunyoga kelganim deb bilaman.

Qaniydi yo'q bo'lsak edi, afsus, ammo biz bormiz. Tirikmiz, yashayapmiz, nafas olyapmiz.

Bu sinov dunyosida har qadamda, har jon bilan, har narsa bilan sinalyapmiz.

Ota-onamiz bilan ham, ayolimiz, aka-ukamiz, opa-singlimiz, qarindoshlarim bilan ham.

Alloh aytgandek yashasak, yutuqdamiz, aks holda oxiratimiz aniq.

Endi, afsusga o'rin yo'q, Qur'on bilan, Sunnat bilan yashang.

Sinov dunyosi abadiy emas, lekin oxirat abadiy.

Hammasi yaxshi bo'ladi, muhimi siqilmang.

@abdulazizleader
  • ⚡ 7
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #148 657
83. Og'ir, qiyinchilik kunlaringizda qilgan xatolaringizni bir eslaysiz-a ?

Nima xato qilgan ekanman shu kunlar boshimga tushdi deb o'ylaysiz-a ?

To'g'rimi ? To'g'ri, albatta to'g'ri, chunki bu har bir bandani fitratida bor, siznikida ham menikida ham.

Ammo kim xato qilmaydi, aytingchi xato qilmaydigan kim bor ?

Xatolaringiz tufayli shu kunlar boshingizga tushgan bo'lsa, xursand bo'ling, Alloh sizga shu dunyoni o'zida jazoyingizni beribdi, u dunyoga qoldirmabdi.

Shukurki, kofir emasmiz, shuncha shirk keltirsak ham jazo olmaydigan.

Muhimi, musulmonmiz, boriga shukr qiling, yo'g'iga esa sabr qiling. Hammasi yaxshi bo'ladi.

@abdulazizleader
  • 👍 7
  • 🤝 1
Post #147 590
82. Ba'zi bir narsalar siz kutganingizdek bo'lmasa o'ksinasiz, siqilasiz to'g'rimi ?

Shunaqa bo'lmasligi uchun o'zimni qimmatli bir tajribamni siz bilan bo'lishmoqchiman. Bu quyidagicha:

Nimadirni reja qilishdan oldin kutuvingizni to'g'rilab olishga harakat qilasiz, ko'p narsalardan umid bog'lamaysiz, eng yomon holati haqida ham o'ylaysiz. Shunda keyinchalik afsuslanmaysiz.

Atigi shu, oddiygina va osongina.

Va eng muhimi esa endi kutuvingizdagidek bo'lmasa, undan keyin nima qilishni ham o'rgataman.

Kutasiz ... sabr bilan.

Hammasi yaxshi bo'ladi, muhimi siqilmang.

@abdulazizleader
  • 👍 3
Post #144 537
81. “Har qanday holatda ham siqilmang, tushkunlikka tushmang.

Sizda bo’lgan qarz menda ham bor bo’lgan. Sizda bor muammolar, qiyinchiliklar mening ham boshimdan o’tgan.

Men ham siz kabi shular haqida o’ylardim, siqilardim, tushkunlikka tushardim.

Ammo barchasidan qutuladigan kun kelishiga ishonardim.

Bunga sabab avvalosi, Allohga oson ekanligi bo’lsa, ikkinchisi esa o’sha man muvaffaqqiyatli deb bilgan insonlarimni muvaffaqqiyatga erishtirgan oddiy-oddiy narsalar edi.

Va shundan keyin tushunib yetdimki, hamma narsa Allohdan ekan. Agar qilaman desa siz kutmagan tarafdan 1 kunda bor qilib yoki xor qilib qo’yarkan.

Va hozirgi hayotimda esa o’sha ishonganim bir kun keldi”

deb aytish barchamizga nasib etsin.

Muhimi, siqilmanglar, hammasi yaxshi bo’ladi, albatta o’sha kun keladi.

@abdulazizleader
  • ❤ 7
  • ⚡ 2
Post #141 508
80. Biznes boshlagan ammo ishlari yurishmay turgan bolamga aytardim. Chunki o’zim hozir shu so’zlarga muhtoj bo’lib turibman.

Bos bolam gaziga, umuman qaytma. Boshladingmi endi to’xtama. Men senga ishonaman. Shuncha narsaga erishding o’z kuchim bilan deb o’ylaysanmi, yo’q albatta Allohning yordami bilan, ota-onangni duosi bilan.

Sen tenggi yoshlar sendan boy to’g’rimi ? Lekin nima deb o’ylaysan, ular sendan kuchlimi ? Yo’q kuchli emas. Ularga Alloh berib qo’yibdi. Sen o’zingni boshqalar bilan boylik jihatdan taqqoslama, harakat jihatdan taqqosla.

Qo’rqma bolam niyating to’g’rimi, niyating Alloh yo’lidami, rizq topmoqchimisan. Bizni shu rizqing tufayli hajlarga jo’natmoqchimisan, moliyaviy erkinlikka erishish orqali oilangga vaqt sarflamoqchimisan, farzanding buyuk bo’lishi uchun shu ishingni boshladingmi ? O’ylama, hammasi yaxshi bo’ladi. Alloh biz bilan.

Bos bolam, gunohkor bo’lsam ham duoyim bor, onangni duosi bor, Alloh o’zimizga bo’lmasada bolalarimizga qiladigan duolarimizni qabul qilishiga va’da bergan.

Qo’rqma bolam sendan roziman, men sendan rozimanmi Alloh ham rozi, bos bolam to’xtama. Albatta muvaffaqqiyat yaqin. To’xtasang sendan rozi bo’lmayman. Bolam senga ishonaman qo’rqma, harakat qil, albatta g’alaba yaqin.

@abdulazizleader
  • ⚡ 8
  • 👍 2
  • 🕊 2
Post #140 475
Xiyonat

Jamoam bilan suhbatda, agar ularni mayda masalalar yuzasidan tortishayotganini ko’rsam, ko’p takrorlaydigan bir gapim bor, “Xiyonatdan boshqa barchasini kechirsa bo’ladi”. Ishda, hayotda, do’stlar davrasida xato bo’lishi, qasddan qilinmagan katta-yu kichik muammolar bo’lishi odatiy jarayon.

Aslida insonga eng og’ir botadigani bu xiyonat, chunki u begona insondan sodir bo’lmaydi. Begona insondan sodir bo’lganda xiyonat bo’lmasdi.

Xiyonat men uchun keng tushunchaga ega. Xiyonat bu:

— Sen unga ishonib turganingda, seni aldashi, xoh so’z bilan, xoh amal bilan, xoh qalb bilan;

— Seni o’ziga do’st deb aytib, sen g’iybat qilingan joyda uning sukut saqlashi;

— Senga yoqmaydigan, seni qalbingga og’ir keladigan amalni bilib turib senga ko’rsatib bajarish;

— Xiyonat sodir bo’lganda bilasangki, ichingda nimadir uziladi, qalbingni jarohatlaydi, u tomonga gapirish uchun na bir so’z va na luqma topa olmaysan. Aslida eng yaxshi javob sukut bo’lsa kerak…

Yaxshimi, yomonmi bir odatim bor, xiyonatni kechira olmayman. To’g’rirog’i qalbim baribir avvalgidek u insonni o’ziga yaqin ololmaydi. Balki, o’zgarishim kerakdir, bilmadim.

©️Temur Adhamov

@abdulazizleader
  • 💔 3
  • ⚡ 1
  • 🤝 1
Post #139 413
79. Ko’pchilik biznes boshlash uchun tavakkal (risk) qilish haqida gapirishadi.

Bu to’g’ri, ammo avvalosi, buning uchun sizda turib bera oladigan orqa* bo’lishi kerak bo’ladi.

Shu holatda krizis holatlarga ham tayyor bo’la olasiz.

Iloji boricha riskni kamaytirib keyin biznes qilishga kirishing.

@abdulazizleader
  • ⚡ 3
  • ❤ 1
Post #138 466
78. Nimadirni yangi boshlamoqchimisiz, unda nafsga og’ir botmaydigan qilib boshlang.

Chunki, nafs doim yengillik tarafdori bo’lgan. Birdan qiyinlik qilib nafsingizga taslim bo’lgandan ko’ra shunisi yaxshiroq.

Masalan, sport bilan shug’ullanyapsizmi, unda birdan 5km yugurmang 1km dan boshlang. 10 ta tortinmang, 5 tadan boshlang. Va oz-ozdan qilib bo’lsa ham ko’paytiring.

Yodingizda tuting, nafsga qarshi kurash maydondagi kurashdan ancha qiyin. Hiylakor bo’lishga harakat qiling.

@abdulazizleader
  • ❤ 5
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @abdulazizleader without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ABDULAZIZ LEADER | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Motivatsiya | Liderlik: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ABDULAZIZ LEADER | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Motivatsiya | Liderlik have?
ABDULAZIZ LEADER | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Motivatsiya | Liderlik (@abdulazizleader) has 117 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ABDULAZIZ LEADER | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Motivatsiya | Liderlik know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →