TGViewer
zokirov.dev zokirov.dev @zokirovdev · 1.06K subscribers
Post #406 4.54K
Bizga Ninson'lik kerak.

Google'da birinchi kun ishga borib 31 qavatli binoda adashib qoldim. Odamlar ko’p - hamma o’z ishi bilan band. Men esa 100lab xonalar orasidan o’zimga keraklisini topishim kerak.

Kompyuterida ishlab, ovqatlanib o’tirgan bir qizni yoniga borib yordam so’radim. Anovi qiz “nega bu meni ishdan chalg’itti”, “nega ovqatlanishdan chalg’itti” deb o’yladi shekilli, biroz qo’pol javob berdi.

Keyin noogler'ligimni aytdim. Noogler (New + Googler) - yangi qo’shilgan Google xodimi degani. Anovi qizning muomalasi butunlay o’zgarib, tabassum bilan qaysi xonaga borishim kerakligini ko’rsatib, oxirida Google'ga qo’shilganim bilan tabrikladi.

Ovqatlanyapsizmi, kod yozyapsizmi, sport zalda shug’ullanyapsizmi, Noogler'man desangiz - hamma sizga yordam beradi. Shu sababli, qanday bilmagan savolingiz bo’lsa, qanchalik sodda yoki axmoqona bo’lmasin, qo’rqmasdan noogler'man deb so’rayverasiz.

Shunda, bu rivojlanish uchun qanchalik qudratli so’zligini tushunib, nega tashqi hayotda ham, biror ishga birinchi martta qo’l urayotganlar uchun shunday so’z - Ninson (New + Inson) yo’qligini o’ylab qoldim. Ko’p holatlarda sodda va axmoqona savollarimiz juda ko’p. Lekin ularni so’rashdan qo’rqamiz.

Ta’savur qiling-a, men Ninsonman deb barcha savollaringizga javob olish imkoniyati bo’lsa.
  • 🔥 62
  • ❤ 19
  • 👍 13
  • ⚡ 3
  • 💯 3
  • 🐳 2
More from @zokirovdev
  1. Aug 27, 2026Ba'zilarni bugun rasmiy gameplay trailer chiqqanligidan habari yo'q ekan. Video rasmiy You…
  2. Aug 27, 2026Ishdan 2 hafta vacation olib full story modeni stream qilishni o'ylab qoldim.
  3. Aug 27, 2026video post
  4. Aug 27, 2026GTA VI
  5. Aug 9, 2026As Ronaldo said after scoring 2 goals against Uzbekistan, I am back Come to YouTube or Twi…
  6. Jan 30, 2026Waymo - Google’ning o’zi yurar avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi - dan kettim.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →