TGViewer
zokirov.dev zokirov.dev @zokirovdev · 1.06K subscribers
Post #355 1.71K
🤘 Metallica sindromi

🎸 Dave Mustaine Amerika musiqa guruhlaridan birida asosiy roldagi ijodkor edi. Guruh o’zining ilk albomi ustida ishni boshlashdan 1 hafta oldin Daveni qo’liga chipta uchun pul berib, u endi guruh a’zosi emasligini aytishadi.

🚌 Dave uyiga avtobusda qaytayotganda, nega ular bunday qaror qilganligi tushunmasdan, ulardan ham yaxshiroq guruh ochishga va ular qilgan ishiga pushaymon bo’lishiga va’da beradi va Megadeth musiqiy guruhiga asos soladi. Megadeath yillar davomida o’nlab davlatlarda stadion-u konsert zallarini muhlislari bilan to’ldiradi. Millionlab qo’shiq sotadi. Millionlab muhlislarga ega bo’ladi. Qisqacha qilib aytganda, ijodkor orzu qilishi, hayoliga sig’dira olishi mumkin bo’gan barcha orzularga erishadi.

🏟 Uni chiqarib yuborgan guruh esa Metallica edi. Metallica millionlab emas, balki milliardlab qo’shiqlar sotadi. Kattaroq stadionlarni to’ldirib, ko’pchilik tomonidan tarixdagi eng yaxshi rock guruhi deb tan olinadi. Umumiy hisobda Megadeahdan muvaffaqiyatliroq bo’ladi.

🎙 Aynan shu sababli, 2003-yilda bo’lib o’tgan intervyuda Dave Mustaine ko’z yoshga to’lib hali ham o’zini failure yoki muvaffaqiyatsiz deb hisoblashini tan oladi. Tushunayabsizmi? Dave 99,99% ijodkor yetisha olmaydigan marraga erishdi, lekin hali ham o’zini omadsiz hisoblaydi.

💸 Bundan tushunishingiz mumkinki, muvaffaqiyat - bu siz qancha pul topishingiz, nechta odam sizni kuzatishi yoki qaysi kompaniyada ishlashingizga emas, balki siz muvaffaqiyatni nima deb hisoblashingizga bo’gliq. Agar Dave o’z baxtini topgan puli, qurgan oilasi, yoki muxlislari soni bilan o’lchaganda edi, u hozir eng baxtli odamlardan biri bo’lgan bo’lar edi. Lekin u baxtni uni chiqarib yuborgan guruhdan o’zib ketish deb hisobladi va oxir oqibat eng baxtsiz odamlardan biriga aylandi.

🫵 O’zingiz uchun muvaffaqiyat nimaligini aniqlab oling va bunda adashmang!

Telegram | Instagram
  • ❤ 5
  • ⚡ 4
  • 👍 3
More from @zokirovdev
  1. Aug 27, 2026Ba'zilarni bugun rasmiy gameplay trailer chiqqanligidan habari yo'q ekan. Video rasmiy You…
  2. Aug 27, 2026Ishdan 2 hafta vacation olib full story modeni stream qilishni o'ylab qoldim.
  3. Aug 27, 2026video post
  4. Aug 27, 2026GTA VI
  5. Aug 9, 2026As Ronaldo said after scoring 2 goals against Uzbekistan, I am back Come to YouTube or Twi…
  6. Jan 30, 2026Waymo - Google’ning o’zi yurar avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi - dan kettim.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →