TGViewer
Channel Public Channel
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

@yunus_code

Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Subscribers
1.75K
Photos
645
Videos
74
Links
609

Showing posts older than #1971 Β· Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1969 4.17K
Rostini aytsam Green Card o'ynamaganman. O'ynamasam ham kerak.
  • ❀ 48
  • 😁 12
  • πŸ‘ 7
  • 🐳 5
Post #1968 5.33K
Bugun NGINXda bir folderni public qilishim kerak edi. Kod qidirib turib UZINFOCOM Open source jamaosini kodini topib oldim:
https://github.com/uzinfocom-org/oss-autoindex

Xursand bo'ldi odam. UzInfocom OpenSource jamoasi yaxshi ishlar qilyabdi. Korrektor.uz ham shu serverga o'tkazilgan. Muxlisa AI ham shu jamoa tomonidan qilinayotgandi adashmasam.

Keyin mana bu tanlovda shu jamoaga ovoz bervordim. O'zbekistonda OpenSource Community rivojlanishi odamni xursand qiladi.
https://t.me/uzinfocomofficial/556
  • πŸ‘ 37
  • πŸ•Š 4
  • 🐳 1
Post #1967 10.4K
Aslida hamma ota-onalarni ogohlikka chaqiraman. Bu postni maksimal repost qiling.

Onlayn o'yinlar (1-qism)

3 yoshli jiyanimning qo'lida telefon, youtube shorts ko'radi. Hechkim nazorat qilmaydi va u youtube akkount otasi yoki onasi nomiga ochilgan. U yerdan har xil ruhdagi ta'qiqlangan videolar ham chiqadi. BOLANGIZGA O'ZINGIZNI TELEFONINGIZNI BERMANG!


PUBG MOBILE o'ynaydigan bolalar uchun Parent Control o'rnatishingiz va bir kunda yoshiga va o'zlashtirish darajasiga qarab 30-60 minutdan oshiq o'ynashiga ruxsat bermang. Keling tushuntiraman:

Real hayotda muvaffaqiyatga erishish qiyin va onlayn o'yinlarga o'rganib qolgan bolalar o'zlarini hayotda kuchsiz deb hisoblay boshlashadi va o'zlari qurgan olamning ichida qudratli bo'lishga harakat qilish hissi ularning qo'lidagi telefonni qo'yishlaridan qaytaradi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadi-ki, onlayn o'yinlarga o'rganish 4 ta bosqichga bo'linadi:
- Boshlang'ich o'rganish: Bu bosqichda bolalar o'yinlar bilan tanishishi, tez zerikishi, ba'zan hayratlanishi mumkin. Bu bosqichda bola o'zi uchun mos o'yin qidiradi;
- Chuqur qiziqish: Bu bosqichda telefon yoki onlayn o'yin bolaning asosiy qiziqishlarini qamrab oladi. Boshqa barcha kasblar, sohalar u uchun ahamiyatsizlashib boradi. Aynan shu bosqichda bolani o'yindan chiqarish osonroq. O'qishdagi natijalar pastlay boshlaydi.
- O'yinning inson ongini egallash jarayoni, yoki manqurtlashish: Bu bosqichda hali o'zining to'liq fikrlashi, maqsadi bo'lmagan bolaning ongini o'yinning mafkurasi to'liq egallaydi va bu bosqichda bolada ota-onaga nisbatan baqirishlar, hurmatsizliklar paydo bo'ladi. Bu bosqichda bolaning asosiy ishi o'yin o'ynash va kuniga 6-8 soatgacha o'yin o'ynashi mumkin. Bu bosqichdan chiqarish uchun ko'p vaqt ketadi va bolaning bandlik darajasini sekin-sekin ko'tarib borish kerak.
- Manqurtlik: Bu bosqichda bolani deyarli onlayn o'yindan ajratib bo'lmaydi va bola suiqasd qilishga juda yaqin bo'ladi. Mutaxassislar bu bosqichdagi bolalarni lagerlarda tarbiyalashni tavsiya qilishadi. Bu bosqichda katta bo'lgan bolalar qo'poruvchilikka moyil bo'lishadi va deyarli fikrlash qobiliyatlarini yo'qotishadi.

O'yin o'ynashni qoralab bo'lmaydi, ammo unga o'rganib qolish, uni hayotning asl maqsadi qilish bu ota-ona, aka-opaning ukasining haqqini yeyishi.

Ko'plab davlatlarda onlayn o'yinlar ta'qiqlangan va kasallik sifatida tan olinadi. Har bir yosh kelajagiga befarq bo'lmagan davlat bu uchun ota-onaga jarimalar joriy etishi kerak.
Man farzandimni, ukamni jismonan kuchsiz, past dunyoqarashli, ruhan zaif inson bo'lishini xohlamayman.
@yunus_code
  • πŸ‘ 66
  • πŸ”₯ 5
  • 🐳 4
  • 😁 3
  • πŸ•Š 1
Post #1966 3.89K
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur Ukamni telefonini sindirib tashladim. Xulqi va ahloqiga qattiq ta’sir qilyabdi. Agar bu matoxdan qanday foydalanishni bilmasa, bu oΚ»yinlar ukamni zombiga aylantirib tashlayabdi.
Ukam tushunib yetdi πŸ˜‰
  • πŸ”₯ 44
  • πŸ‘ 18
  • 😁 11
Post #1965 4.28K
Ukamni telefonini sindirib tashladim. Xulqi va ahloqiga qattiq ta’sir qilyabdi. Agar bu matoxdan qanday foydalanishni bilmasa, bu oΚ»yinlar ukamni zombiga aylantirib tashlayabdi.
  • πŸŽ‰ 96
  • πŸ‘ 36
  • 😁 14
  • 🐳 6
  • ❀ 4
  • πŸ”₯ 3
  • πŸ•Š 3
Post #1964 2.9K
Oramizda bir o'zi onlayn startup boshlab, uni realizatsiya qilib, monetizatsiya darajasiga olib chiqolgan kimdir bormi?
  • πŸ•Š 23
  • 😁 9
  • πŸ‘ 3
  • πŸ”₯ 1
Post #1963 2.84K
Endilikda Twitterda rasmiy tashkilotlar 1000$ oyiga to'lab sariq tasdiqlash belgisi olishlari mumkin.
  • 😁 48
  • πŸ‘ 5
Post #1962 3.51K
Barchaga Ramazon xayiti muborak boΚ»lsin!
  • πŸ‘ 44
  • πŸŽ‰ 36
Post #1961 3.86K
#foydali

Telegramni bir necha kundan beri brauzerdan ishlatyabman. Tez-tez qarab vaqtni yeyishi kamaydi.
  • πŸ‘ 41
Post #1960 3.75K
Twitterda ingliz tilida startup uchun akkount ochdim va Twitterdagi keraksiz baxslardan shu yerda holi bo'lmoqchiman.

A'zo bo'lib qo'yish hayitgacha bepul. )

https://twitter.com/yunuscode
@yunuscode
  • πŸ‘ 13
  • 😁 3
  • πŸŽ‰ 1
Post #1959 3.04K

Forwarded from Munosib ish

Barchaga Assalomu alaykum!
Kuningiz xayrli va barokatli bo'lsin☺️

@ishbor_qizlar
Ayol qizlarimiz uchun mo'ljallangan kanallimizga xush kelibsiz.
  • πŸ‘ 3
Post #1958 3.93K
Agar shunday davom etsa mening farzandlarim bu yurtda alif ham o'rganishmaydi. Nega bolalar universitetda o'qish uchun chet elga chiqishi kerak? Nega xususiy maktab, nega qo'shimcha ingliz tili, nega qo'shimcha matematika?

Ukamning maktabida PUBG direktor kubogi bo'libdi! Matematikani bilmagan bolalarga kibersportdan chempionat qilguncha o'zini osvorgani yaxshi emasmi?
  • πŸ‘ 61
  • 😁 14
  • πŸ”₯ 5
Post #1957 3.34K
Agar "ota-ona xususiy maktabga bersin", "o'quv markazlariga bersin" deyiladigan bo'lsa bepul ta'lim nima uchun?
  • πŸ”₯ 27
  • πŸ‘ 1
Post #1956 3.26K
Ukrainada katta qism yoshlar IT uchun tarbiyalandi va Amerikaning deyarli katta qism mahsulotlarini urush bo'lsa ham Ukrain kompaniyalari ta'minlab beryabdi. Minglab start-uplar mavjud.
  • πŸ”₯ 31
  • πŸ‘ 4
  • ❀ 1
  • 😁 1
Post #1955 3.02K
Man o'yin o'ynashga qarshi emasman, ammo o'yin o'ynash kasb qilib olinishi yaxshi emas. 10 ko'paytiramiz 10 ni bilmaydigan yoshlarga PUBG o'ynash ota-onasining haqqini yeyish.
  • πŸ”₯ 22
  • πŸ‘ 2
  • πŸ•Š 2
Post #1954 2.79K
O'zbek tilida strim qiladigan bir PUBG strimerni 400 mingta odam kuzatadi, bu O'zbekiston aholisining 1.2%ini tashkil etadi. Deyarli maktab o'quvchilari. 20 yildan keyin nima bo'ladi?
  • πŸ”₯ 22
  • πŸ‘ 9
Post #1953 2.53K
Ota-onalar guruhini ko'rdim. Bolalar ko'p holatlarda o'qituvchilarni hurmat qilmaydi. Bolalarni so'kib tinchlantirish odatiy holat. Bepul ta'lim sifatsiz ta'limga teng bo'lmasligi kerak.
  • 🐳 18
  • πŸ‘ 11
  • πŸ”₯ 3
Post #1952 2.45K
Tabiiy fanlar = Atrof olam. Nega yoshroq o'qituvchilar maktablarga olib kelinmayabdi? Nega 65 yoshda o'qituvchilar maktablarda ishlashyabdi? Zamon bilan hamnafas yoshlar ishga joylanishi kerak emasmi?
  • 😁 17
  • πŸ‘ 10
  • πŸ”₯ 2
Post #1951 2.62K
6-sinfdan nega Fizika olib tashlandi?
  • πŸ”₯ 6
  • πŸ‘ 3
Post #1950 2.57K
Misol uchun Prezident maktabidan boshqa maktabdagi bolalar bilan deyarli hechkimning ishi yo'q. Bu avlodning 3 yili Covid bilan online ta'limda o'tdi va online ta'limni ko'rmagan 50 yoshlik pedagoklar qo'shtirnoq ichida dars o'tishdi.
  • πŸ‘ 9
  • ❀ 4
  • πŸ”₯ 2
Older posts β†’
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’