Osonini tanlang!
Twitterda ko'plab solopreneurlar g'irt o'zbekcha qilib aytganda yakka-tadbirkorlarni kuzataman. Ularning ko'pi allaqachon $1000+ MRR (oylik kelib turadigan takrorlanuvchi foyda)ga chiqib bo'lgan va eng qizig'i ular na backendni, na frontendni mukammal biladi. Kuniga 12-14 soatlab o'z dasturi ustida ishlaydi. Tushunmagan narsasini ChatGPTdan so'raydi.
Biror narsani bilasizmi, weekendlarda o'zingiz uchun biror loyiha qiling. Hechbo'lmasa nimanidir qilishni o'rganasiz. Kichik PaaS, kichik SaaS, juda bo'lmaganda kichikroq biror tool yaratib ko'ring.
Biladigan narsangizdan foydalaning, tushunmagan narsangizga tayyor SaaSlardan foydalaning. Misol uchun:
Backend va databaseni tushunmasangiz: Supabase Auth, Supabase database, Supabase storage, Supabase functions, Firebase, Firestore;
Mobil dasturlashni tushunmasangiz: Flutter flowdan foydalaning.
Sayt yasashga, UI ga pulingiz yo'qmi: Framer dan foydalaning.
PS: Kino ko'rishga, o'yin o'ynashga hali vaqtingiz bo'ladi.
Post #2039
3.67K
- 👍 31
- ❤ 22
- 🔥 13