TGViewer
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur @yunus_code · 1.75K subscribers
Post #1997 3.55K

Forwarded from Aziz Rahimov

Kelajakdan qarz olish

Maktab paytimda bolalar hamma narsaga ulgurishar edi. Aylanishga, kompyuter xonaga, qizlar bilan gaplashishga, uzoqlarga ketib qolishga. Shuncha vaqtni qayerdan olishadi deb o’ylardim.

Yaqinda tushundim. “Yoshligimda rus tilini o’rganmagan ekanman, rosa qiynalyapman” deb qoldi bittasi. “Yaxshiroq o’qish kerak ekan, endi vaqtim yetmayapti” deb aytib qoldi ikkinchisi.

Ular vaqtni kelajakdan olib turishgan. Qarz bo’lib qolishgan. Endi esa to’lashyapti.

Bo’sh qolgan vaqtingizda o’qib-o’rganmay, bekorchilik qilayotganda, kelajakdan qarz olyapsiz.

Bugungi ishlaringizni ertaga qoldirayotganda, kelajakdan qarz olyapsiz.

Qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni emas, hamma qilayotgan ishlarni qilayotganda kelajakdan qarz olyapsiz.

Qarzniku olaverasiz. To’lash vaqti keladi. Vaqt pul emas, yillar o’tib ko’payib qolmasligi tushunasiz. O’tmishingizni yomon ko’rib, yana kelajakdan qarz olib to’lamoqchi bo’lasiz. Olishga hech nima qolmagan bo’ladi. Qattiq afsus qilasiz.

Kelajakdan qarz olmang. Imkoni bo'lsa qarz berib turing (ilm, mehnat, sport), o'zingiz o'zingizga rahmat aytasiz.

@azizrakhimov_blog
  • 👍 61
  • 🔥 6
  • ❤ 1
More from @yunus_code
  1. Sep 19, 2026btw @dasturchi_pf was my new channel )
  2. Apr 13, 2024https://x.com/yunuscode/status/1779128537150374131 O'zbekistonga chet ellik digital nomadl…
  3. Feb 28, 2024Bir yil avval 21-asrda o'zingizni qanday ximoya qilishingiz kerakligi haqida video qilgan…
  4. Feb 25, 2024Qayerdagi yemagan loyihalarga pul tikkandan, shunday loyihalarga pul tikish kerak. Bunday…
  5. Feb 25, 2024Poytaxt 2.0 (preview)
  6. Feb 10, 2024Assalomu alaykum dóstlar Ingliz tili yaxshi biladigan, tajribali dasturchi dizaynerlarni c…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →