Loyiha nega boshlanmadi? Biz qilolmaymizmi?
Avvaliga biz bor ma’lumotlarni yasamoqchi edik, ular qilgan MVP variantni chiqarib bermoqchi edik. Ammo kompaniya xodimi bilan suxbatda shu aniq bo’ldi-ki:
"Tomonlar kelishuvning mazmuni, shuningdek ushbu shartnoma tuzilishi va bajarilishi munosabati bilan Tomonlar tomonidan bir-biriga o‘tkazilgan barcha hujjatlar tomonlarning tijorat sirlari hisoblanadi, bu boshqa tomonning yozma roziligisiz oshkor etilishi mumkin emas."
Rasmga e’tibor qaratsangiz pastiga yozib qo’ygan ekan: “Texnik topshiriqnoma ushbu shartnomaga ilova qilinadi hamda ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.”. Kimdir topshiriqnomani ko’rdimi? Ko’rmaysiz ham.
Xabarimiz tarqalgandan so’ng bizga bir nechta video kelib tushdi, ammo videolar faqat foydalanuvchi tomondan ko’rsatilgan videolar edi. Videolardagi tizim oddiy CRUD bo’lishiga qaramasdan, uni texnik topshiriqnomada “fantastik” vazifalar bilan tasvirlanmagan bo’lishiga kafolat yo’qligi uchun harakatlarni to’xtatdim.
Loyihani boshlang’ich holatini start olgan kunimizdan 1 hafta ichida yaratishga ko’zimiz yetadi. E-IMZO ga integratsiya ham juda qiyin ish emas. Ammo uni ertaga loyihadan boshqa narsa deb tan olishlar aniq va yig’ilgan yuzlab dasturchilarni vaqtlarini hissiyotga berilib sovurishni istamayman.
Biz hali ham tayyormiz! Lekin bizga rasmda biriktirilishi shart bo’lgan narsa kerak. Shunda biz qo’rqmasdan alternativ platformani yarata olamiz. Agar bizni qila olishimizga ishonishmasa nima ularni biz bilan buni ulashishdan to’sib turibdi. Bilmayman.
Post #1858
4.48K

- 🔥 103
- 👍 28
- 🕊 10