TGViewer
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur @yunus_code · 1.75K subscribers
Post #1833 8.58K
Ishonmagin do’stingga, somon tiqar…

2 ta ukam bor. Biri frontend dasturlashni tugatyabdi. Toshkentda birga yashaydi. Ancha yaxshi o’rganyabdi. Ukamda manda topilmas bir jihat bor. Do’stlari uchun jonini beradi. Odamlarga ishonadi.

Qo’qonda ikkita do’stini oilaviy ahvoli yomonligi uchun, qiynalib yurgani uchun Toshkentda kichik korxonalar borligini va kelsalar ish topib berishga yordam berishini aytib, kelganida ish topib bergan. OLX dan ish qidirib, ish bilan gaplashib ishga kirgazib qo’ygan. Qiynalmay yashasin, onasini ham ko’zyoshlari tugasin degan. Shu kunlarda u bolalarni onasi telefon qilib yig’ladi, rahmat aytdi, duo qildi.

Ukam bir safar Qo’qondan kelishda u bolalardan biri qo’ng’iroq qilib, iltimos qilib, kurtkasini olib olishini, sovuq tushib qolganini va qo’qondan taksida chiqarishga pul yo’qligini aytgan. Ukam olib kelib, olib borib beraman deganida, yo’q o’zimiz boramiz degan.

Keyin kurtkasini olgani kelib, ukamni panaroq joyga olib borishini, kurtkani kiyib olishini so’rashgan. Pana joyga borganda begona bolalar kelib, ukamni telefonini va do’stlarini pullarini urib, o’g’irlab ketishgan. Ukamni do’stlar 102 ga telefon qilmaslikka ko’ndirgan va ukam do’stlari uyiga yetib olishi uchun pul bergan.

Tergovda shu aniq bo’ldi-ki, ukamni urib, telefonini o’girlagan bolalarni ukamning o’zini o’rtoqlari olib kelgan va uyishtirishgan. “O’rtog’imizni Iphone 11 telefoni bor, urib olsang, sotib kayf qilamiz” - degan ukam Toshkentdan ish topib bergan bolalar. Jinoyatchilar shu gapni aytgunicha ukam ishonmadi. “Do'stlarim sotmaydi“ - dedi.

Ukam pand yesa ham odamlarga ishonadi, ularga qo’lidan kelgancha yordam beradi. Do’stlarini kurtkasi bo’lmasa o’zinikini olib chiqib beradi. Uyida non qolmaganda narsasini sotib, puliga ovqat olib bergan edi. “Ular och bo'lsa man qanday ovqatlanaman” - deb. Ukam bilan faxrlanaman. Undagi xarakter sof insoniy. Do’stlari uchun esa eng yaxshi jazo qamoq. Onalari ham ado bo’lishdi.

Ukam o’ziga pishshiq bola, “iCloud”ini ocha olishmagan jinoyatchilar telefonni 300 ming so’mga sotib yuborishgan. 😂😂 (AyTishnikdanam telefon o'g'irlaydimi tupoy bo'lmasa.) Ukamga jinoyatchilarni akasi yangi Iphone 11 olib berdi. Duo qilib qo’yinglar, bugun haydovchilik guvohnomasi olyabdi. Yaxshi topshirib olsin.

Aytgancha, Yakkasaroy IIBB xodimlariga rahmat. Kamera yo'q joydan jinoyatchini bir kunda topib kelishdi. Uxlashmadi.

@yunuscode
  • 👍 109
  • 🔥 28
  • 😁 8
  • 🐳 4
  • 🎉 2
  • 🕊 2
More from @yunus_code
  1. Sep 19, 2026btw @dasturchi_pf was my new channel )
  2. Apr 13, 2024https://x.com/yunuscode/status/1779128537150374131 O'zbekistonga chet ellik digital nomadl…
  3. Feb 28, 2024Bir yil avval 21-asrda o'zingizni qanday ximoya qilishingiz kerakligi haqida video qilgan…
  4. Feb 25, 2024Qayerdagi yemagan loyihalarga pul tikkandan, shunday loyihalarga pul tikish kerak. Bunday…
  5. Feb 25, 2024Poytaxt 2.0 (preview)
  6. Feb 10, 2024Assalomu alaykum dóstlar Ingliz tili yaxshi biladigan, tajribali dasturchi dizaynerlarni c…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →