TGViewer
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur @yunus_code · 1.75K subscribers
Post #1663 5.07K
Mahalliy startuplarni va brendlarni qo'llab-quvvatlang! Muhim post!

Kecha o'qib qoldim, Qo'qon va bir nechta bozorlarga Yandex Taxi kirib kelibdi. O'zining marketing rejasiga binoan, bozordagi mahalliy brendlarni sindirishni boshlagan. Misol uchun haydovchilar uchun 0%lik to'lov imkoniyati. Yo'lovchilar uchun 2000-3000 so'mlik yo'l kira haqlari. Bir ko'rinishda sizga bu "vau" bo'lib ko'rinadi, ammo bugun sizga don berayotgan ushbu dasturlar, ertaga bor yo'g'ingizni shilishga o'tadi.

Toshkent misolida aytaman: "hozirda, Yandex Taxi eng sifatsiz taksilardan biri". U kirib kelgunicha bozorda bir necha mahalliy brendlar bor, yo'l kiralar juda qimmat emas va yo'qotilgan narsalarni topish, muammoni hal qilish oson edi. Undan tashqari haydovchilar nari borsa 10% ga yaqin pul to'lashar edi. Keldi, kirdi, sindirdi, egalladi. Hozir qimmat narx, sifatsiz xizmat, kartadagi pullarni bermaslik, va bir gap bilan aytganda "tabiiy monopollik" qilyabdi. 100 ming so'm savdodan (daromaddan emas) 25 minggacha pul yechib qolyabdi. 4/1 ishlab topgan pulingizni.

Har qanday chet el brendi kirib kelar ekan, unga yaqqol monopol bo'lishi uchun imkoniyat yaratib bermang. O'zimizdagi startuplarni qo'llab-quvvatlang!

PS: Mani hechqanday taksi firmasiga aloqador joyim yo'q. Shunchaki yurak achishganidan yozdim.
  • 👍 48
  • 💯 33
  • 🔥 6
  • 👎 3
More from @yunus_code
  1. Sep 19, 2026btw @dasturchi_pf was my new channel )
  2. Apr 13, 2024https://x.com/yunuscode/status/1779128537150374131 O'zbekistonga chet ellik digital nomadl…
  3. Feb 28, 2024Bir yil avval 21-asrda o'zingizni qanday ximoya qilishingiz kerakligi haqida video qilgan…
  4. Feb 25, 2024Qayerdagi yemagan loyihalarga pul tikkandan, shunday loyihalarga pul tikish kerak. Bunday…
  5. Feb 25, 2024Poytaxt 2.0 (preview)
  6. Feb 10, 2024Assalomu alaykum dóstlar Ingliz tili yaxshi biladigan, tajribali dasturchi dizaynerlarni c…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →