Xo'p endi buni tushuntiraman.
Barcha bayroq emojilari Regional indicator symbol dan tashkil topadi. Birinchi bayroq 🇿🇼 (ZW), ikkinchi bayroq esa 🇿🇦 (ZA). Bir qarashda hammasi oddiy, lekin ikki bayroqni yonma-yon qo'yganimizda ZWZA bo'ladi. 4 tasini yonma-yon qo'ysan ZWZAZWZA bo'ladi. Endi shu yerda yana bir muammo bor. AZ 🇦🇿 bayrog'i. O'rtada mana shu bayroq qo'shilib qolyabdi.
ZWZAZWZAZW
Telefoningiz ikkilanadi va tahminimcha ichma-ich rekursiyaga tushib qoladi. Javob kelavermagach agar tizim yaxshi sozlangan bo'lsa dasturni avtomatik yopadi. Bo'lmasa butun telefon shu masalani yechishga tushib ketadi. Keyin ba'zi foydalanuvchilar kelib komentda so'kib ketishadi. Bilishmaydigi, qo'llaridagi anavi telefonni ichidagi tizim yaxshi ishlanmagan.
Mana shu manimcha buning sababi. Telegram bu xabarni sizga ko'rsatganda uni qayta ishlamaydi va RIS holatiga o'girmaydi. Shu sabab siz uni ko'ra olasiz.
Bu yerdan esa bu harflarni topishingiz mumkin: https://www.unicode.org/charts/PDF/U1F100.pdf
PS: Bu telegramning xatosi emas.
@muhammadyunus_uz
Post #1613
3.71K
- 👍 36
- 🔥 9