Bugun o‘quvchilarimiz sovg‘a-salomlar bilan kelishibdi! 😊
Kecha vebinarda “Ba’zi o‘quvchilarimiz sovg‘a-salomlar qilib turishadi”, deb aytgan edim. Buni eshitgan o‘quvchi qizlarimiz bugunoq yetib kelishibdi. 😊
Qizlar bilan o‘qishlari, hozirgi qiziqishlari va mashg‘ulotlari haqida suhbatlashdik. Menga oxirgi yodlagan she’rlarini ham aytib berishdi. Ularning tashrifidan juda xursand bo‘ldim.
Darvoqe, Farzonaxon hozir 5-sinfda o‘qisa ham, o‘zining “Farzona Reads” blogini yuritadi. 👏
O‘quvchilar ustoz uchun o‘z farzandidek aziz bo‘ladi. Ularning ulg‘ayib, yangi marralar sari intilayotganini ko‘rishning o‘zi katta baxt.
Qizlarimizga keyingi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladik. Ilmlari ziyoda bo‘lsin! 🤲
👉 t.me/yuksaluz
Post #83
2.45K

- ❤ 10
- 👏 9
- 🔥 6
- ⚡ 4