⚡️ Gandbolda kuchlilar saralandi. Kubok kimlarda?
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning gandbol bahslari yakunlandi. 17–30 yosh toifasida Respublika bosqichigacha yetib kelgan jamoalar orasidan eng kuchlilar nomi ma’lum.
Qizlar bahsida Andijon viloyati jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyati vakillari ikkinchi, Navoiy viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Yigitlar o‘rtasida Toshkent shahri jamoasi tengsiz bo‘ldi. Farg‘ona viloyati ikkinchi, Samarqand viloyati esa uchinchi o‘rin bilan shohsupadan joy oldi.
Samarqand – qizlar va yigitlar bahsida ham sovrindor bo‘lgan yagona hudud.
“Besh tashabbus olimpiadasi” davom etadi. Hali oldinda yangi bahslar, yangi nomlar va yangi chempionlar bor!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
Post #18369
18.8K






- 👍 18
- ❤ 10
- 🔥 5
- ❤🔥 1