🌿 19-sentyabr kuni YCC jamoasi bilan birgalikda “Toza o‘yinlar”ni o‘tkazdik!
Bu kun biz uchun shunchaki hududni tozalash emas, balki bir joyga yig‘ilib, birgalikda foydali ish qilish, yangi insonlar bilan tanishish va yaxshi kayfiyat ulashish kuni bo‘ldi. 🤝🏻
Tadbirimizda 100 dan ortiq yoshlar qatnashdi! 🫶🏻 Har kim o‘ziga mos vazifani tanlab, tadbirning turli jarayonlarida yordam berdi — media, tashkiliy ishlar, tozalash va boshqa yo‘nalishlarda.
🧤 Birga ishladik,
🌱 atrof-muhitga e’tibor qaratdik,
☕️ coffee break’da biroz dam oldik,
💬 networking vaqtida yangi tanishlar orttirdik
va eng muhimi — vaqtimizni mazmunli o‘tkazdik!
“Toza o‘yinlar” bizga yana bir narsani ko‘rsatdi: o‘zgarish qilish uchun katta ishlarni kutish shart emas. Ba’zida kichik bir tashabbus va bir guruh faol yoshlarning harakati ham katta natijaga olib kelishi mumkin. 💚
Biz bilan birga bo‘lgan barcha ishtirokchilar, volunteerlar va tadbirni amalga oshirishga hissa qo‘shgan har bir insonga katta rahmat!
#cleangames #YCC
Post #282
504



- 🥰 7
- 💘 5
- ❤ 3
- 🔥 1