TGViewer
Yandex Uzbekistan for Developers Yandex Uzbekistan for Developers @yandexuzdev · 3.28K subscribers
Post #355 3.22K
🌻 Endi to‘rtta universitetda Yandex Uzbekistan vakili bo‘lish mumkin!

Inha talabalari orasida Yandex Uzbekistan vakillari dasturini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yganimizdan so‘ng yangi qabulni boshlayapmiz. Yangi qabulga Toshkent shahridagi Inha universiteti, MDUning Toshkent filiali, TATU va New Uzbekistan University talabalarini taklif qilamiz. Istalgan yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar 2-kursdan boshlab ariza topshirishi mumkin. Dastur o‘quv yili oxirigacha davom etadi.

Yandex Uzbekistan jamoasi bilan birga kompaniya loyihalarida ishtirok etasiz, o‘z universitetingizda tadbirlar o‘tkazasiz, kontent yaratasiz va talabalar IT-hamjamiyatini rivojlantirasiz. Dastur IT-ekspertlarning onlayn ma’ruzalari va Yandex Uzbekistan ofisidagi uch kunlik oflayn bosqich bilan boshlanadi.

O‘z universitetini yaxshi ko‘radigan, o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladigan hamda dasturga haftasiga taxminan besh soat ajratishga tayyor talabalarni kutamiz.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish 15-sentabrgacha ochiq!

____

🌻 Стать амбассадором Yandex Uzbekistan теперь можно в четырёх университетах!

После успешного запуска программы амбассадоров Yandex Uzbekistan среди студентов Inha открываем новый набор. Подать заявку могут студенты Inha University in Tashkent, Ташкентского филиала МГУ, ТУИТ и New Uzbekistan University — любого направления, начиная со второго курса. Программа продлится до конца учебного года.

Вместе с командой Yandex Uzbekistan вы будете участвовать в проектах компании, проводить мероприятия в своём университете, создавать контент и развивать студенческое IT-комьюнити. В начале программы вас ждут онлайн-лекции от IT-экспертов и трёхдневный офлайн-этап в офисе Yandex Uzbekistan.

Ждём тех, кто любит свой университет, знает узбекский, русский и английский языки и готов уделять программе около пяти часов в неделю.

➡️ Регистрация открыта до 15 сентября!

@yandexuzdev | Yandex Uzbekistan
  • 🔥 13
  • ❤ 7
  • 👍 5
More from @yandexuzdev
  1. Sep 24, 2026Bu safar kanalni adashtirmadik 😅 Yana bir universitetdan salom! Keyingi safar qaysi unive…
  2. Sep 24, 2026Post #378
  3. Sep 23, 2026Feruuuuz, sos!!!!!!!! Dev Dasturxon dasturini joylaganmidik? Ro‘yxatdan o‘tish tugamasidan…
  4. Sep 23, 2026Post #376
  5. Sep 22, 2026🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyer…
  6. Sep 21, 2026🟥 Dev Camp’dan Yandex Uzbekistan jamoasiga Ahad Askarov o‘tgan yili Dev Camp’da qatnashga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →