✍️ Oruell kitoblarning taqiqlanishidan qo‘rqardi. Haksli kitoblarni taqiqlash uchun hech qanday sabab bo‘lmaydi deb qo‘rqardi, chunki hech kim ularni o‘qishni xohlamaydi. Oruell bizni ma’lumotlardan mahrum bo‘lishimizdan qo‘rqardi. Haksli esa bizni pastkashlik va xudbinlikka botib ketishimizdan qo‘rqardi. Oruell bizni tanlovsiz jamoatchilikka aylanishimizdan qo‘rqardi. Haksli esa haqiqatning beparvolik dengiziga g‘arq bo‘lishidan qo‘rqardi. Oruell biz bir o‘lchovli madaniyatga aylanib qolishimizdan qo‘rqardi. Haksli esa bizni ahamiyatsiz madaniyatga aylanishimizdan qo‘rqib qiziqarli va rang-barang badiiyat ila chulg‘ash bilan band edi. U “Ajib yangi dunyo” asarining so‘zboshisida shunday yozgandi: “Doim zulmga qarshi turishga tayyor bo‘lgan fuqarolik huquqi namoyandalari va ratsionalistlar odamlarning o‘yin-kulgiga bo‘lgan cheksiz istaklarini deyarli inobatga olmadilar. “Ajib yangi dunyo”da esa odamlarni zavq boshqaradi.” Qisqasi, Oruell biz yomon ko‘rgan narsalar bizni yo‘q qilishidan qo‘rqardi. Haksli esa biz suyadigan narsalar bizni buzishidan qo‘rqardi.
🖤 Nil Posman
Amerikalik pedagog va madaniyat tanqidchisi
✈️ Telegram | 📷 Instagram | ▶️ YouTube