✍️ Absurdni ifoda etish uchun Frans Kafka mantiqiy bog‘liqlikdan foydalanadi. Hammomda baliq tutadigan bir telba haqidagi mashhur voqea bor. Psixiatriyaga oid o‘ziga xos qarashlarga ega bo‘lgan shifokor undan:
– Baliq qarmoqqa ilinyaptimi? – deb so‘raydi.
Bunga jahl bilan telba shunday javob beradi:
– Albatta yo‘q, ahmoq! Axir bu hammom-ku!
🖤Bu shunchaki kulgili hikoya, ammo u absurd ta’siri qanchalik darajada ortiqcha mantiq bilan bog‘liq ekanini juda yaxshi ko‘rsatadi. Kafka olami aslida tasvirlab bo‘lmas bir koinotdir: unda inson hammomda baliq tutishdek azobli bir hashamatga yo‘l qo‘yadi, holbuki, u yerda hech narsa tuta olmasligini yaxshi biladi.
🖤Alber Kamyu
📏📏📏📏📏📏📏📏
🏢 Nashriyot: Yangi asr avlodi
✍️ Tarjimon: Shahnoza Quvonova
📃 Sahifasi: 448 bet
📚 Muqova: qattiq
💵 Chakana narxi: 50 000 so‘m
✈️ Telegram | 📷 Instagram | ▶️ YouTube