“ISITISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH” OYLIGI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OLIB BORILMOQDA
Xorazm viloyati bo‘ylab “Isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish” oyligi doirasida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda qurilish obyektlarida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, mo‘rilarni tozalash, elektr va gaz jihozlarining sozligi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar va mas’ul xodimlarga isitish mavsumini xavfsiz o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berilib, tegishli tavsiyalar yetkazilmoqda.
Boshqa yangiliklar👇
Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Post #29355
291










- 🔥 2
- 👍 1