Talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
Urganch davlat tibbiyot instituti mas’ullari va guruh tyutorlari tomonidan talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.
Jarayonda xonadonlarning isitish tizimi, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish holati hamda mavsumni betalafot o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, talabalarga sovuq mavsumda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va ehtimoliy noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
UrDTI matbuot xizmati:
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Post #29293
379






