🔥 “ISITISH MAVSUMINI XAVFSIZ BOSHLAYLIK!”
📍 Hazorasp tumanida profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
“Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida Hazorasp tumanida mahalla raislari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mavsumni betalafot o‘tkazishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
🏠 Shuningdek, aholi xonadonlaridagi isitish moslamalari va elektr tarmoqlarining holati o‘rganilib, fuqarolarga yong‘inlar hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish, isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
⚠️ Unutmang: xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — hayotingiz va yaqinlaringiz salomatligining kafolati!
Boshqa yangiliklar👇
Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Post #29285
443