Xorazm viloyati Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish hamda tezkor harakatlanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi davomida shartli yong‘in holatida tegishli xizmatlarning tezkorligi, yong‘inni bartaraf etish, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Bunday mashqlar favqulodda vaziyatlarda talafotlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda xizmatlar shayligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar👇
Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Post #29234
335










- 👍 3
- ⚡ 1
- 🔥 1