TGViewer
Channel Public Channel
.

.

@xasadgoy

https://t.me/boost/Xasadgoy

холоднокровный
Subscribers
47
Photos
189
Videos
52
Links
26
Recent Posts 19 shown
Post #1424 19
Ba'zan telefonlarni insonlarga o'xshataman...

Shu singan telefonimga qarab bir narsani o'ylab qoldim. Uning ahvoli o'ta og'ir, ekrani chil-parchin, yarmi qorayib ishlamay qolgan. Ammo aynan shu telefondan bitta "skrinshot" olsam — rasm silliq, chiroyli va mukammal chiqadi. Skrinshotda hech qanday darz ketgan yoki qoraygan joylar ko'rinmaydi, go'yoki hammasi joyidadek.

Hayotda insonlar ham xuddi shunday emasmi?

Kimgadir "Yaxshimisiz?" deb savol bersangiz, holati umuman yaxshi bo'lmasa ham, ich-ichidan qanchalik dard chekayotgan yoki ruhiy parchalanib ketayotgan bo'lmasin, yuzida tabassum bilan "Hammasi yaxshi", deydi.

Biz atrofdagilarga xuddi o'sha "skrinshot" kabi faqat silliq va xotirjam qiyofamizni ko'rsatamiz. Lekin inson qalbining qayeri yorilganini, ichida nimalarni his qilayotganini hech kim bilolmaydi.

Shuning uchun, birovning yorqin "skrinshot"iga qarab, uning "ekrani" butun va hayoti mukammal ekan deb xulosa qilishga shoshilmasligimiz kerak ekan. Har bir "yaxshiman" degan so'z ortida biz ko'rmay
  • 🌚 2
Post #1423 67
Ruhiy holatingga va kayfiyatingga yomon taʼsir oʻtkazayotgan istalgan insondan kech. Bu dunyoda bir marta yashaysan va bu qimmatbaho vaqtingni gryaz insonlar oldida oʻtkazma.
  • 🌚 6
Post #1422 135
Ona uchun sani 4 yoshing ham, 40 yoshing ham bir — baribir xavotir oladi.

Har daqiqada "Bolam qayerda ekan?" deb o'ylaydigan ham — ona.

Tun yarim bo'lsa ham, sani kutib o'tiradigan ham — ona.

Farzand kechiksa, uyqusi qochadigan yagona inson — ona.

Onaning yuragi farzandi uyga kirgandagina tinchlanadi.
  • 🌚 6
Post #1421 101
FUTBOL OLAMI ⚽️ 🇪🇸Ispaniya – chempion! 🔥
Xaqiqat qaror topdi
Post #1420 119
Insonlar ma'shuq-ma'shuqa emas, xudbinona hislari, istaklariga qul izlashadi. Qulni topishadi, lekin ishqni topa olishmaydi.

Shams Tabriziy
  • 🌚 4
Post #1418 271
omon bo'ling.
  • 🌚 8
Post #1410 271
Masalan, kun kelib sogʻinishga hech kim qolmaydi.
  • 🌚 7
Post #1407 259
Xudo yaxshi insonlarni nonko'rlar bilan imtihon qilar,
Lekin ularga yor qilmas...
  • 🌚 7
Post #1404 223
Oxirgi paytlar bir narsaga tez-tez guvoh bo‘lyapman. Xullas, bir inson oilasida nizo chiqsa, do‘stlari bilan munosabati buzilsa, yaxshi ko‘rgan qizi yoki sevgan yigiti bilan, yaqinlari bilan munosabati buzilsa, "Men nima qilay?" deb ChatGPT (AI)dan so‘rayapti.

Tasavvur qilyapsizlarmi? Qalbi bor, vijdoni bor, ko‘ngli bor ikkita tirik inson o‘rtasidagi masalani vijdoni ham, qalbi ham yo‘q, shunchaki zaryadi bor texnologiyadan hal qilib berishini so‘rab ko‘ryapti.

Hurmatli ChatGPTchilar, ChatGPT'dan insonlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida emas, jonsiz predmetlar haqida so‘rasangizlar yaxshi bo‘lardi.
  • 🌚 9
Post #1403 156
. Bu hayotda qaysidir ma'noda Ballackmiz
Ballackni nega ko‘p eslashadi?

Chunki u kuchsiz futbolchi bo‘lgani uchun emas. Aksincha, o‘z davrining eng kuchli futbolchilaridan biri edi. Lekin taqdir unga boshqacha sinov berdi.

Bir necha bor finalga chiqdi, bir necha bor kuboklarga juda yaqin keldi. Ammo har safar nimadir yetishmadi.

Shuning uchun ham odamlar ba'zan: "Biz ham Ballackmiz" deyishadi.

Chunki hayotda ham ba'zan muammo harakat qilmaganingda emas. Muammo shundaki, sen qo‘lingdan kelgan hamma narsani qilasan, uzoq yo‘l bosasan, maqsadga yaqinlashasan... lekin natija baribir sen kutgandek bo‘lmaydi.

Eng og‘iri yiqilish emas. Eng og‘iri — g‘alabaga bir qadam qolganda uni qo‘ldan chiqarish.
  • 🌚 9
Post #1402 119
Bu hayotda qaysidir ma'noda Ballackmiz
  • 🌚 9
Post #1401 160
Puli ko‘p erkakning oilasi uchun vaqti kamroq bo‘lishi tabiiy. Vaqtining deyarli hammasini sizga bag‘ishlaydigan erkakda esa pul kamroq bo‘lishi mumkin.

Romantik inson yonida ayrim ayollar o‘zini noqulay his qiladi. Ishonch bilan suyanish mumkin bo‘lgan erkak esa ba’zida zerikarli ko‘rinadi. Erkak chiroyli bo‘lsa, yonidagilar doim xavotirda. Haqgo‘y inson bilan esa qiziqarli voqealar va sarguzashtlar kamdek tuyuladi.

Kimni tanlasangiz ham, nimadir yetishmaydi.

Ko‘pchilik buni muammo deb o‘ylaydi. Aslida esa bu real hayotning o‘zi.

Oila — ideal odamni topish degani emas.

Oila — bir-birini to'ydirish, to‘ldirish, bir-birining kamchiliklarini qoplash, sirlarini saqlash, muammolarini yengishda yordam berish va qarshingizdagi insonga oynadek qaray olishdir.

Oila — faqat rohat emas. Oila — birgalikda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar o'chog'idir.

Oilaning mukammalligi hammaning faqat o‘z yo‘lidan yurib baxtli bo‘lishida emas, balki har kim o‘z o‘rnini topib, shu o‘rinda mustahkam tura olishidadir.
  • 🌚 9
Post #1400 134
“O‘zgaribsiz”, deysan. Ha, men o‘zgardim:
diydam qotdi ancha, kechdim ro‘yodan. 
Sahroi Kabirga qor yog‘di, axir,
O‘zgarmay bo‘larmi shunday dunyoda?!

O‘zgardim. Sezibsan. Avvalgi “men” yo‘q,
Ishga ko‘milganman ertadan to kech. 
Muztog‘ erimoqda, men xudbin esa,
Onamni ko‘rgani vaqt topmayman hech.

Mayli, xayron bo‘lma, hammasi yaxshi
Hech kimning aybi yo‘q—o‘zimdan ginam.
Ko‘p narsa o‘zgardi, to‘g‘ri va lekin
Mehrim o‘zgarmadi senga birgina...

Muslim Mirzajonov
  • 🌚 8
Post #1398 176
“O‘zim tarbiyalab olaman, yo‘limga sovolaman, o‘zgartiraman” deb, qarshisidagi munosib juft emasligini bilgan holda, reallikdan uzoq orzu-havas qiladiganlar uchun…
O‘zgaruvchi siz bo‘lishingiz ham mumkin!

Ustoz Ikrom Sharif
  • 🌚 9
Post #1397 150
universitetda 4 yil o'qiganimam yordam bermayapti bu narsalani tushunishga
  • 🌚 5
Post #1396 189
. Photo
1. Uyda ota va onaning oʻrni almashib qolgan

U oilada onaning dominatsiyasini koʻrib ulgʻayadi va seni ham huddi shunday qoʻy qilib tarbiyalashga harakat qiladi. Boʻy sunish u uchun jazo. Uyda ayol kishi bitta oʻzi qaror qabul qilishi u uchun normal holat. Va sen qanchalar harakat qilma u senga hurmat bilan erkakka qaraganday qarashi uchun sen super er roʻlini oʻynaahinga va har bitta narsani ibsotlash orqali qilishinga togʻri keladi.
Bu holat odamni charchatadi — eʼtibor uchun doimiy “urush” ketayotgan joyda mustahkam hayot qurib bo‘lmaydi.

2. Dofamin quvuvchisi/Ijtimoiy tarmoqlarga mubkasidan ketganlar.

U sevgi bilan emas — his-tuyg‘ular portlashi bilan yashaydi.
Bugun sen unga eng zo‘rsan, ertaga zerikarli.
Unga emotsiyalar, keskinlik, janjal, ehtiros, tartibsizlik kerak.
Tinchlik — u uchun uyg‘unlik emas, balki zerikish.
Sen kuchli, g‘amxo‘r, barqaror bo‘lishing mumkin — baribir shunchaki drama yaratgan odamga yutqazishing mumkin.
Bunday ayol bilan munosabatlar tormozsiz attraksionga o‘xshaydi. Unga instagramda koʻrgan rilalar bemalol tasir oʻtqazadi. Unda hardoim oʻzini instagramdagi feyk hayot bilan oʻz hayotini taqqoslash boʻladi va siz nima qilsangiz ham unga kamdek tuyilaveradi.

3. Tadbirkor emas, “tusovshchitsa”
Uning hayoti — doimiy “kayf” izlash.
Sen ishlayotgan paytda, u qaysi joyda musiqa balandroq ekanini qidiradi.
Sen kelajak haqida gapirsang, u dugonalariga qaysi kechaga borishni yozadi.
Og‘ir paytda yoningda bo‘lishni bilmaydi.
U uchun jiddiylik — zerikish, sadoqat esa — cheklov.
Unga odam sifatida kerak emassan, u uchun sen shunchaki vaqtinchalik “tomoshabin”san.

4. Kareraga berilgan ayol
U hamma narsada birinchi bo‘lishni istaydi, hatto munosabatlarda ham.
Kuchli erkaklarni raqib, kuchsizlarni vosita sifatida ko‘radi.
Sen yoki uning boshqaruvida bo‘lasan, yoki o‘yindan tashqarida.
U oila qurgisi kelmaydi — u imperiya quradi.
Bu yerda iliqlik ham, hurmat ham, erkak uchun joy ham yo‘q.
Sen yonida bo‘lishing mumkin, lekin hech qachon o‘zingni haqiqatan ham kerakli his qila olmaysan.

‼️ Ayol tanlovi — hayotni belgilaydi.
Bir marta adashsang — yillar, energiya va o‘zingga bo‘lgan ishonchingni yo‘qotishing mumkin.
  • 🌚 2
Post #1394 155
-Siqilma, hammasini javobi bor! deb nomlangan videolarni ko’rishni yaxshi ko’radiganlar, yoki:
-Senga qilgan barcha ishlari uchun albatta javob berishadi… deb o’zini profiliga yozib qo’yayotganlar!

Nima uchun “Balki men hozirgi boshimga tushgan narsa bilan avvalgi HUNARLARIMGA javob berayotgandirman?” deb o’ylashmas ekan?

Balki boshqacharoq gapirish kerakdir?
-Siqillma, senga qilgan barcha ishlari uchun javob berishadi! emas
-Siqilma, mana hamma qilgan ishlaringa javob beryapsan. Hech qayerga qocha olmas ekansan. deb gapirishimiz o’rinli bo’lar balki?

Nima demadingiz?
  • 🌚 2
Post #1392 203
Bari aniq, yoʻlim koʻrsatmang,
Hushim joyida, eplayman oʻzim.
Aqllilar menga oʻrgatmang - Qoʻl urmayman, yetmasa koʻzim!
  • 🌚 4
Older posts →

About this channel

How can I read @xasadgoy without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for .: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does . have?
. (@xasadgoy) has 47 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does . know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →