O‘zbekistonda kripto-aktivlar reklamasiga qanday talablar qo‘yiladi?
Kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar yuqori xavfga ega bo‘lgani sababli O‘zbekiston qonunchiligida ularni reklama qilish uchun alohida talab va cheklovlar belgilangan. Asosiy maqsad — iste’molchini chalg‘ituvchi va’dalardan himoya qilish va mavjud xavflar haqida to‘liq ma’lumot berish.
Kripto-aktivlar reklamasini faqat litsenziyaga ega xizmatlar provayderlari beruvchi sifatida joylashtirishi mumkin. Reklamada aktiv qiymatining keskin o‘zgarishi, mablag‘ning to‘liq yo‘qotilishi, texnik nosozliklar va talon-toroj kabi xavflar haqida majburiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
Shuningdek, kripto-aktivlar davlat tomonidan ta’minlanmagani hamda qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim holatlardan tashqari, O‘zbekistonda to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi hisoblanmasligi ko‘rsatilishi lozim.
Reklamada kafolatlangan daromad va’da qilish, kripto orqali oson boyish mumkinligini targ‘ib qilish, uni professional yoki shaxsiy muvaffaqiyat bilan bog‘lash, bonus va chegirmalarni reklama qilish taqiqlanadi. Voyaga yetmaganlar obrazlaridan foydalanishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar reklamada tarixiy natijalar, modellashtirilgan hisob-kitoblar yoki kelajak prognozlari keltirilsa, ularning mazmuni tushuntirilib, natijalar ehtimoliy ekani va kelajakdagi daromadni kafolatlamasligi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
Post #14703
2.01K
Forwarded from Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari
- ❤ 3
- 👏 1
- 🤝 1