Angor tumanida “SEN ISTE’DODLISAN” ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi!
✅2026-yil 16-oktyabr kuni Angor tumanidagi 9-sonli BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, uyda yakka tartibda hamda inklyuziv ta’limda ta'lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman!” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
✨ Tanlovda jami 11 nafar o‘quvchi o‘z iste’dodi, ijodiy qobiliyati va mahoratini “Vokal-cholg‘u va an’anaviy ijrochilik” hamda “Tasviriy san’at” yo‘nalishlarida namoyish etdi.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar Angor tumani MMTB boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Angor tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati
Angor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi
📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram
Post #12966
213




