Jonli onlayn podkast 🤩
Mehmonimiz bilan interaktiv JONLI efirga taklif qilamiz:
🎙 Javohir Jo‘raxo‘jayev — Data Engineer at Bloomberg (London HQ)
Javohir Siemens, Nielsen va Vention kabi kompaniyalarda ishlagan, ETL tizimlari va Data Engineering yechimlarini yaratgan. Shuningdek, Fintech, IT/Software va Media yo‘nalishlarida Data / Automation / AI yechimlarini ishlab chiqqan. ESMT Business School’da Analytics & AI yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
💡 Efirda quyidagilar haqida gaplashamiz:
— Data Engineering’da qanday karyera qurish mumkin
— Asosiy ko‘nikmalarni o‘rgatish va rivojlantirish
— Xalqaro kompaniyalarda ishlash tajribasi
— Bloomberg’gacha bo‘lgan yo‘l va bu darajada nimalar muhim
— Data sohasida o‘sishni istaganlar uchun amaliy maslahatlar
Format jonli va interaktiv bo‘ladi — efir davomida savollaringizni bevosita berishingiz mumkin.
💬 Savollaringizni hozirdanoq izohlarda qoldiring — eng qiziqli savollarga Javokhir jonli efirda javob beradi.
🗓 28-yanvar
🕖 19:00
🇺🇿 Muhim: efir o‘zbek tilida olib boriladi
📍Bizning Telegram-kanalimizda onlayn tarzda
O‘tkazib yubormang 😉
Post #603
345
Forwarded from Alif Academy Uzbekistan
