TGViewer
WTM Tashkent WTM Tashkent @wtmtashkent · 471 subscribers
Post #586 9.36K
✔️ ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting, eng kuchli to‘rttalikka kiring va Germaniya sari yo‘l oling!

Sport dasturlash va informatika bo‘yicha iqtidorli qizlarni kashf etuvchi ICT4Girls O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasiga arizalar 23-mart soat 23:59ga qadar qabul qilinadi. Olimpiada joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadi.

⁉️ Kim ishtirok etishi mumkin:
- 20 yoshgacha bo‘lgan maktab, kasb-hunar maktabi, akademik litsey va kollej o‘quvchi qizlari;
- Ro‘yxatdan o‘tish formasidagi birlamchi saralashdan o‘tgan qizlar.

✅ Dasturlash tillari: C++, Python
✅ Olimpiada bosqichlari: hududiy va Respublika bosqichlari. Respublika bosqichida yuqori ball to‘plagan 12 nafar qiz olimpiada g‘olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi.

✍️ Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g‘oliblari uchun sport dasturlash bo‘yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so‘ngida saralangan 4 nafar qiz 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI 2025) da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.

❗️ Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida test ko‘rinishida birlamchi saralash o‘tkaziladi. To‘liqroq ma’lumot olish uchun olimpiada nizomi bilan tanishib chiqing.

🔗 ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 23-mart 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘ting!

Batafsil ma'lumot va yangiliklar: Telegram
  • ❤ 4
More from @wtmtashkent
  1. Sep 24, 202630 mln UZS for the best startup ideas: Techstars Startup Weekend in Tashkent 🚀 After powe…
  2. Sep 9, 2026Yosh ayollar sunʼiy intellekt, raqamli muhitning imkoniyatlari va mavjud xatarlaridan himo…
  3. May 11, 202654 soat ichida o’z startapingizga ega bo’lishni istaysizmi? 🚀 Shunchaki orzu qilishni to'…
  4. Apr 16, 2026🇺🇿 o'zbek tilida 🇷🇺 на русском AI Incubator 2026 — Applications Open 🚀 Launch your AI…
  5. Mar 24, 2026✨ Atlasdagi nafislikni raqamli dunyoga koʻchiramiz! Mohirdevʼdan ayol-qizlar uchun yangi l…
  6. Mar 3, 2026🔖 Девушки, вы готовы? Регистрация уже открыта 🤩 Мы запускаем два направления для тех, кт…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →