TGViewer
Webmakon | AI Webmakon | AI @webmakon · 2.58K subscribers
Post #3215 585
#foydali

Oʻqish samaradorligini oshirishga yordam beradigan 8 ta ilova 💎

​📰 Eslatmalar yuritish uchun


💬 Obsidian — qaydlarni bir-biri bilan bogʻlash imkonini beruvchi ilova. Katta hajmli materiallar bilan ishlaydigan va shaxsiy bilimlar bazasini shakllantirmoqchi boʻlganlar uchun juda qulay.

💬 Joplin — Markdown formatini, ilovalarni (fayllarni) hamda qurilmalar oʻrtasida maʼlumotlarni sinxronlashni qoʻllab-quvvatlaydigan eslatmalar ilovasi. Oʻquv materiallarini tizimli va tartibli saqlashni xohlovchilarga mos keladi.

​👤 Diqqatni jamlash uchun


💬 Cold Turkey — chalgʻituvchi saytlar va ilovalarni belgilangan vaqtga bloklaydi. Bloklash roʻyxatlarini shakllantirish va jadval oʻrnatish imkoniyati mavjud.

💬 Session — oʻquv jarayonini alohida seanslarga boʻlish va vaqtni kuzatib borish imkonini beruvchi diqqatni jamlash taymeri.

​📼 Maʼlumotlarni eslab qolish uchun


💬 RemNote — eslatmalar va intervalli takrorlash tizimini oʻzida jamlagan. Konspektlarni kartochkalarga aylantirish hamda materialni spaced repetition (intervalli takrorlash) tizimi boʻyicha takrorlab borish mumkin.

💬 Mochi — intervalli takrorlash usuliga asoslangan kartochkalar va qaydlar yaratish ilovasi. Tillar va terminlarni oʻrganish hamda imtihonlarga tayyorlanish uchun juda qoʻl keladi.

​☀️ Vaqtni sarflanishini kuzatish (taym-treking) uchun


💬 Toggl Track — turli oʻquv topshiriqlariga qancha vaqt sarflayotganingizni kuzatib borishga yordam beradi. Kitob oʻqish, imtihonlarga tayyorgarlik, tillarni oʻrganish va boshqa mashgʻulotlar vaqtini alohida-alohida hisoblab borish mumkin.

💬 ActivityWatch — kompyuterdagi faoliyatingizni avtomatik ravishda kuzatib boruvchi va vaqtdan foydalanish statistikasini koʻrsatuvchi ochiq kodli bepul vosita.

@webmakon
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @webmakon
  1. Oct 5, 2026🔖 SnapDeck — SI'ga asoslangan taqdimotlar tayyorlash uchun servis Shunchaki mavzu yoki te…
  2. Oct 5, 2026Google SI agentlarini ishlab chiqish bo‘yicha 31 kunlik bepul kursni boshladi “Advent of A…
  3. Oct 5, 2026Post #3221
  4. Oct 4, 2026#Google Gemini uchun bepul obunani bekor qildi Kompaniya bepul tariflarni olib tashlab, fo…
  5. Oct 4, 2026Ozon'da sotuvchi boʻling Ozon'da biznesni boshlang va O'zbekiston hamda Rossiyadagi 69 000…
  6. Oct 3, 2026#Google dasturlash uchun sun’iy intellekt agentlari uchun 100 000 dollar yutuqli o‘yin o‘t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →