TGViewer
Web Dasturlash kanali Web Dasturlash kanali @webdev07 · 8.02K subscribers
Post #4398 1.43K
Yandex Uzbekistan'dan boshlang‘ich dasturchilar uchun bepul Dev Camp
Backend va algoritmlar bo‘yicha bilimlaringizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, bu dasturga e’tibor bering.

10–31 oktyabr kunlari Toshkentdagi Yandex Uzbekistan ofisida uch haftalik intensiv — Dev Camp bo‘lib o‘tadi.

Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Backend dasturlash
🔹 Algoritmlar
🔹 AI

Ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtiradi, balki Yandex dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ham ega bo‘ladi.

Dasturning yana bir muhim jihati – eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralov jarayonidan o‘tishlari mumkin.

🧑‍💻 Kimlar uchun mos?
• IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar
• Yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar
• Backend dasturlashni endi boshlayotganlar
Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.

🔹 Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.

👍 O‘zbekiston hududlaridan saralovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va poytaxtda yashashi Yandex tomonidan qoplanadi.

Kamida 70 foiz mashg‘ulotlarda qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

👉 Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.

https://t.me/webdev07
  • 🔥 4
More from @webdev07
  1. Oct 14, 2026Bonus bugun yopiladi
  2. Oct 14, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  3. Oct 14, 2026🔥 Gemini 4 Argon Pro tarifiga ham keldi! 🥳 Hozircha hammada birdaniga paydo bo‘lmasligi…
  4. Oct 14, 2026Va nihoyat, Gemini 4 Argon rasman e’lon qilindi! 🔥🎆 Hozircha yangi model faqat Ultra tar…
  5. Oct 13, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  6. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →