👩🏻💻Technovation Girls Uzbekistan Yandex Uzbekistan bilan birga 10-mavsumni ishga tushirmoqda
O‘zbekistonda 8–18 yoshli qizlar uchun mo‘ljallangan Technovation Girls xalqaro dasturining yangi mavsumi boshlandi✨
📌Ishtirok bepul, IT sohasida oldindan tajriba talab etilmaydi.
Loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan ko‘magida amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilar real ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mobil ilovalar, AI yechimlar va startap g‘oyalar ustida ishlaydi.
Dastur 3 oy davom etadi va asosan onlayn formatda o‘tkaziladi. Mamlakatning 6 ta shahrida oflayn treninglar va uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Uchinchi yildirki dastur hamkori bo‘lgan Yandex Uzbekistan ishtirokchilarga amaliy ekspert yordamini ko‘rsatadi. Kompaniya xodimlari jamoalarga mentorlik qiladi, speed-review sessiyalarini o‘tkazadi hamda ushbu mavsumda zamonaviy AI vositalariga bag‘ishlangan AI Week ta’limiy tadbirlar turkumini tashkil etadi.
Qizlar va mentorlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 2️⃣0️⃣-fevralgacha ochiq.
Final bosqichi — loyihalarni himoya qilish va xalqaro darajaga chiqish imkoniyati.
👉🏻 Ariza topshirish.
Dastur haqida batafsil:
https://uznews.uz/uz/news/107144
Post #4290
3.13K

- 👍 6
- 🔥 2
- ⚡ 1