TGViewer
Web Dasturlash kanali Web Dasturlash kanali @webdev07 · 8.01K subscribers
Post #4215 2.99K
Eng kuchli universitet talabalari ham uy vazifalarini chatGPTga qildirishyapti. Demak, qolganlarning holi yanada xarob.

Pubmedning oxirgi tadqiqoti javoblari chiqdi. Yoshlikdan chatlarga suyanib borish, aqliy qobiliyatlarimizni pasaytirib yuboradi.

Shu vaqtning oʻzida Sem Altman (chatGPT) yangi CEO tayinladi. U oʻn yil davomida Feysbukda reklamani yoʻlga qo'yish bilan shug’ullangan edi.

Altman gptni kuniga kamida 3 soat ishlatishni maslahat beradi. Oʻzi esa, fikrlashini soatlab oddiy qogʻoz va ruchkada oʻtkazadi.

Yana bir marta, sekinroq.

Talabalar (demak, boshqa koʻpchilik ham) oʻzlari oʻqimoqchi emas, chat bilan ishlarini bitirmoqchi + chatga yoshlikdan suyanganlarda aqliy pasayish kuzatilyapti + aqliy dangasa va zaif foydalanuvchilarga yaqinda bilintirmaydigan reklama boshlanadi + shularning tepasidagi rahbar odam, oʻz mahsuloti bilan fikrlashdan tashqari, kundalik qogʻoz-qalam bilan ham fikrlashni ma’qul ko’radi.

Vachovskilar taxmin qilganidek robotlar bizni bosib olmaydi shekilli.

Oʻylashni xohlamagan dangasa odamlar, xoʻjayinlikni oʻzlari topshirib qoʻya qolishadi.

Ajib yangi dunyo boʻsagʻasida turibmiz.
Manba:
  • 💯 10
  • 👍 1
More from @webdev07
  1. Oct 14, 2026Bonus bugun yopiladi
  2. Oct 14, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  3. Oct 14, 2026🔥 Gemini 4 Argon Pro tarifiga ham keldi! 🥳 Hozircha hammada birdaniga paydo bo‘lmasligi…
  4. Oct 14, 2026Va nihoyat, Gemini 4 Argon rasman e’lon qilindi! 🔥🎆 Hozircha yangi model faqat Ultra tar…
  5. Oct 13, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  6. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →