TGViewer
Web Dasturlash kanali Web Dasturlash kanali @webdev07 · 8.01K subscribers
Post #4082 5.64K
Muvaffaqiyatli CV va Portfolioni Qanday Tayyorlash Kerak? 📄✨

Ko’pchilik dasturchilar va o’rganish jarayonini endi tugatganlarda bir xil noto’g’ri tushuncha mavjud. Ular bitta CV va portfolioni tayyorlab, uni hamma ish e’lonlariga jo’natishadi. Natijada, 50-60 ta joydan javob olmasalar ham, bu CV va portfolioda kamchilik borligini o’ylab ko’rishmaydi. Balki, bularni boshqacha tayyorlanishi kerakdir, chunki ular nima xohlayotganlarini aniq bilishlari muhim. 🤔

Aksariyat CV’lar bir xil bo’lib, ko’pi ish talablariga javob bermaydi. Bir xil CV va portfolioni hamma ish joylari uchun jo’natish natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun CV va portfolioni yaxshilab tayyorlash lozim. 📑

Ish qidirish jarayoni har doim ham oson bo’lmaydi, lekin CV va portfoliyoni to’g’ri tayyorlash orqali siz o’zingizni bozorga to’g’ri va samarali tarzda taqdim eta olasiz. Har bir ish joyining talablariga mos keladigan, o’ziga xos va yaxshi tahrirlangan hujjatlar ishga qabul qilinish imkoniyatingizni sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli, CV va portfoliyongizni doimiy ravishda takomillashtirib boring va har bir arizani alohida yondashuv bilan yuboring. 🚀

E’tiboringizni Jalb Qilishning Muhimligi 👀

Ish beruvchilar ko’p sonli CV’larni ko’rib chiqishadi va har biriga ko’p vaqt ajratishmaydi. Shu sababli, sizning CV va portfolioniz diqqatni jalb qilishi va bir qarashda sizning qobiliyatlaringizni ko’rsatishi kerak. Bu, o’z navbatida, sizni ish beruvchilar e’tiboriga tushirish imkoniyatini oshiradi. 🔍

Ochiq Dars Taklifi 📅

InshaAlloh, 5-iyul kuni katta tekin ochiq dars o’tkazamiz, unda sizga CV va portfoliyo qanday to’g’ri tayyorlash kerak, ishga topshirishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gaplashamiz. Qo’shiling va muvaffaqiyat sari birinchi qadamni qo’ying! 📚💼

Ochiq dars @javohir_webdev kanalida bo'lib o'tadi
  • 👍 7
  • 🔥 4
More from @webdev07
  1. Oct 17, 2026🚀 Gemini 4 Argon haqida videomiz tayyor! 🔥 Likelaрni yondiramiz! ❤️ fikringizni izohlard…
  2. Oct 14, 2026Bonus bugun yopiladi
  3. Oct 14, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  4. Oct 14, 2026🔥 Gemini 4 Argon Pro tarifiga ham keldi! 🥳 Hozircha hammada birdaniga paydo bo‘lmasligi…
  5. Oct 14, 2026Va nihoyat, Gemini 4 Argon rasman e’lon qilindi! 🔥🎆 Hozircha yangi model faqat Ultra tar…
  6. Oct 13, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →