Toshkent metrosi uchun yana 14 ta yangi poyezd sotib olinadi
Toshkent metrosidagi eski vagonlar yangilariga almashtiriladi. Buning uchun 14 ta yangi poyezd sotib olish rejalashtirilgan. Tegishli qarorni Toshkent shahar deputatlari qabul qildi. Yangi poyezdlar yo‘lovchilarning kutish vaqtini qisqartirishi kutilmoqda. Dastlab olti vagonli poyezdlar ham ko‘rib chiqilgan, ammo metro platformalari qisqaligi sababli bu variantdan voz kechilgan.
Xarid uchun yettita ishlab chiqaruvchining taklifi o‘rganildi. Eng arzon taklif Xitoyning CRRC kompaniyasidan — 118,3 million dollar, eng qimmati esa Yaponiyaning Kawasaki kompaniyasidan — 279,1 million dollar bo‘lgan.
Poyezdlar davlat byudjeti hisobidan qaytariladigan kreditlar orqali xarid qilinadi. Ularni Toshkentga 2027-yil 1-noyabrgacha yetkazib berish rejalashtirilgan.
@vtchannel
Post #74347
2.58K

- 👍 9
- 🍓 1