TGViewer
Virtual Lab Virtual Lab @virtuallabuz · 65 subscribers
Post #6 155
Virtual Lab nima?

Virtual Lab bu kimyo va fizika darsliklaridagi laboratoriya ishlarini video va tushunarli tavsif orqali ko'rsatadigan bepul onlayn platforma. Bugun biz uni ishga tushirdik.

Bu loyiha oddiy bir kuzatuvdan boshlandi. Darsliklarda ko'plab laboratoriya ishlari bor, ammo hamma maktabda ham ularni o'tkazish uchun kerakli jihoz va moddalar topilavermaydi. Shu sababdan ko'p o'quvchilar tajribani ko'rmasdan, darsliklardagi teoriyani o'rganadilar xolos. Biz shu bo'shliqni ozgina bo'lsa ham to'ldirishni xohladik.

Shuning uchun darsliklardagi tajribalarni maktab laboratoriyasida o'zimiz bajarib, videoga oldik. Har bir video yoniga tajribada nima bo'layotgani, uning maqsadi, ilmiy izohi va xulosasi yozilgan tavsiflar qo'shdik va bu orqali videoni ko'rib turib, bir vaqtning o'zida o'qib borish mumkin. Tavsiflarni iloji boricha darslikdagi atamalar va mazmunga yaqin yozishga harakat qildik.

Hozircha platformada 7–10-sinflar uchun bir nechta tajribalar bor. Albatta, hali hammasi mukammal emas. Hozirda ba'zi videolarni qayta olish, yangi tajribalar qo'shish va tavsiflarni yaxshilash ustida ishlashda davom etmoqdamiz.

Platformadan o'quvchilar darsga tayyorlanishda, o'qituvchilar esa laboratoriya imkoniyati cheklangan sinflarda foydalanishi mumkin degan umiddamiz.

Allaqachon qiziqayotgan bo'lsangiz, bir ko'z tashlab ko'ring:
virual-lab.uz

Fikr va takliflaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz — qaysi tajribani ko'rishni xohlaysiz, nimani yaxshilash kerak, tortinmasdan yozavering. Agar loyihamizni manfaatli deb bilsangiz, tanish o'qituvchi va o'quvchilarga ham ulashib qo'ying, juda minnatdor bo'lamiz.

Rahmat!

Savol va takliflar uchun: @virtuallabadmin
  • 🔥 5
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
More from @virtuallabuz
  1. Oct 16, 2026🔬Virtual Lab — a science lab for every student Many schools don't have the equipment or r…
  2. Oct 13, 2026🧪 Simulyator bo‘limida 3 ta yangi tajriba Endi tajribalarni nafaqat videoda ko‘rish, balk…
  3. Oct 11, 2026Uni Lab: Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan birinchi tajriba Virtual Lab'da yangi…
  4. Oct 9, 2026🧪 Virtual Lab’da yangi imkoniyat — simulyator! Avval platformadagi tajriba videosini ko‘r…
  5. Jul 15, 2025Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →