Eng oson dasturlash darslari. C#, SQL, .Net Core, Web API, JavaScript, Angular, REST, SOAP, Full Stack, SOLID, Data structures, Design Patterns, Git...
Ushbu darsimizda Asp .Net Core MVC dasturlarida mavjud bo'lmagan resurs yoki route ishlatilgan vaqtda ro'y beruvchi 404 Not Found xatosini ilib olib, foydalanuvchiga tegishli xatoni ko'rsatishni o'rganamiz (40-dars). #aspnetcore #dasturlash #mvc
EF Core Migrations haqida (35-dars) Bugungi darsimizda Entity Framework Core Migrations dan foydalanib loyihamizning ma'lumotlar bazasini quramiz. Darsimiz davomida migrations uchun ishlatiladigan nuget paketlar, buyruqlar, data seed va extension metodlar haqida o'rganamiz. #aspnetcore #dasturlash #entityframework
Entity Framework Core bilan ishlaymiz (33-dars) Bugungi darsimizda loyihamizga Data Access layer (ma'lumotlar bilan ishlash qatlamiz) qo'shamiz va unga Entity Framework Core nuget paketini o'rnatamiz. Undan keyin dbcontext obyekti va uni hizmat sifatida ro'yhatga olish va connection string haqida o'rganamiz. #aspnetcore #dasturlash #entityframework
Azizlar, bugungi darsimizda ORMning eng muhim afzalliklardan birini aytib o'tmadim. Undan tashqari uning kamchiligini ham aytmadim. Hohlovchilar, bularni nima ekanligini virtualdars@gmail.com manziliga ismingiz bilan jo'nating. Keyingi video-darsda to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi(lar)ni ism(lari)ni aytaman. Bilmasangiz izlanib ko'ring. Omad!
virtualdars[.]uz web saytini menga hech qanday aloqasi yo'q. Bir necha yillar oldin virtualdars[.]uz domeni va web sayt ham menga tegishli edi. Shuning uchun oldingi yillarda tayyorlagan video-darslarimda virtualdars[.]uz degan yozuvlari bo'lardi. Afsuski vaqt o'tib saytni yurgazishga vaqtim yetmay qolgandi. Va natijada domen bo'shab qolgandi. Hozirda virtualdars[.]uz menga tegishli emas. Kimlardir men asos solgan va yillar davomida yurgazib kelgan "virtualdars" brendimdan foydalanib, saytda boshqa video-darslarni pullayapti.
Mening video-darslarimdan youtube kanalimda bepul o'rganishingiz mumkin.
Navbatdagi darsimizda Asp .Net Core dagi dependency injection'ga taalluqli bo'lgan va hizmatlarni DI container'da ro'yhatga olishda ishlatiluvchi AddSingleton, AddScoped va AddTransient larning nima ekanligini va ularni qanday ishlashini amaliyotda o'rganib olamiz (30-dars). #aspnetcore #mvc #dasturlash
Bugungi darsimizda yangi xodim qo'shish jarayoniga modelni tekshirish qoidalarini (validation rules) yo'lga qo'yamiz (29-dars). #aspnetcore #mvc #dasturlash