Guruhingizdagi «A’zolarning asosiy tili» nimani anglatadi va biznesingizga qanday ta’sir qiladi?
Oldingi postda Telegram global qidiruvida Premium obunachilar sonining ahamiyatini tushuntirdik. Ammo guruhni tahlil qilishda yana bir muhim ko‘rsatkich bor — a’zolarning asosiy tili.
Nega bu muhim? Chunki biznes uchun qidiruvda yuqorida turish bilan birga, kerakli auditoriyaning qidiruvida ko‘rinish ham zarur.
Bu postda mavzuni ikki qismda tushuntiramiz: avval amaliy kuzatuvlarimizdagi qonuniyatlarni, keyin rasmlardagi haqiqiy misolni ko‘rib chiqamiz.
1-QISM. GURUH TILI VA GLOBAL QIDIRUV O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Quyidagi izohlar — jamoamizning guruhlar bilan ishlash va takroriy testlar davomida to‘plagan amaliy kuzatuvlari.
Bizning kuzatuvlarimizda «A’zolarning asosiy tili» bo‘limida guruhdagi barcha a’zolar birdek aks etmaydi. Unda faol auditoriyaning til tarkibi namoyon bo‘ladi. Buni faqat a’zolar soni yoki kim nechta xabar yozganini sanash bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Telegram hisoblashining to‘liq ichki mexanizmi ochiq bayon qilinmagan.
Bu ko‘rsatkich bizning ishimizda nimaga xizmat qiladi?
Guruh qaysi davlat auditoriyasining global qidiruvida ko‘rinayotganini tahlil qilishga.
Masalan, bir xil kalit so‘z bo‘yicha O‘zbekistondagi foydalanuvchi bilan Rossiyadagi foydalanuvchiga ko‘rinadigan guruhlar va ularning tartibi farqlanadi. Biz ish jarayonida buni «O‘zbekiston globali», «Rossiya globali» deb ataymiz.
Testlarimizda guruhning til tarkibi shu yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lgan: rus tili ustuvor guruhlar Rossiya auditoriyasi qidiruvida, o‘zbek tili ustuvor guruhlar esa O‘zbekiston auditoriyasi qidiruvida ustunlik olgan.
Bunda biz ikkita holatni birga tekshiramiz:
• Uzoqroq davrdagi til tarkibi. Guruhda qaysi til davomli ravishda ustuvor bo‘lib kelgan?
• Oxirgi yetti kunlik til tarkibi. So‘nggi haftada qaysi til ustuvorlik qilyapti?
Faqat bir kunlik natijaga qarab guruhning yo‘nalishi to‘liq o‘zgargan deb xulosa chiqarmaymiz.
Misol bilan tushuntiramiz.
Guruhda uzoq vaqt rus tili ustuvor bo‘lgan. Oxirgi yetti kunda esa o‘zbek tili yuqoriga chiqqan.
Kuzatuvlarimizda bunday guruh O‘zbekiston global qidiruvida ko‘rina boshlagan, lekin avvaldan o‘zbek tili ustuvor bo‘lgan guruhlarga nisbatan pastroq o‘rinda turgan holatlar bor.
Hatto unda 10 000 ta Premium obunachi bo‘lsa ham, til yo‘nalishi O‘zbekiston auditoriyasiga mos bo‘lgan 5 000 ta Premium obunachili guruhdan pastda turishi kuzatilgan.
Biz bunday holatni guruhning kerakli auditoriya yo‘nalishiga hali to‘liq o‘tmagani bilan izohlaymiz: so‘nggi haftadagi o‘zgarish bor, ammo uzoqroq davrdagi til tarkibi hali boshqa yo‘nalishda.
Shuning uchun oldingi postdagi Premium soni haqidagi tushunchaga yana bir muhim savolni qo‘shamiz:
Premium obunachilar soni qancha — va guruh aynan qaysi auditoriya qidiruvida raqobatlashyapti?
O‘zbekistonga mahsulot sotadigan biznes uchun kerakli mijozlarning qidiruvida ko‘rinish muhim. Boshqa auditoriya orasidagi yuqori o‘rin uning asosiy savdo maqsadiga mos kelmasligi mumkin.
@VipAdsUz | @Habibulloh
Post #1855
619
