TGViewer
"Toshkent" Respublika fond birjasi "Toshkent" Respublika fond birjasi @uzseofficial · 3.7K subscribers
Post #6566 652
❗️“Toshkent” Respublika fond birjasi va Ernst & Young (EY) ESG yo‘nalishida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi

“Toshkent” Respublika fond birjasi va Ernst & Young (EY) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda milliy kapital bozorida ESG tamoyillarini joriy etish, emitentlarning shaffofligi va hisobdorligini oshirish, shuningdek, barqaror rivojlanishga oid axborotni xalqaro standartlar asosida ochib borish masalalari muhokama qilindi.

Alohida e’tibor emitentlarga ESG hisobotini bosqichma-bosqich joriy etishda amaliy ko‘mak berishga qaratildi. Jumladan, kompaniyalar uchun metodik tavsiyalar, namunaviy hisobot shakllari, chek-listlar va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish, shuningdek, ularning ESG hisobotiga tayyorlik darajasini baholash mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar:

🗣 emitentlar uchun ESG hisobotini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqish;
🗣 ESG Readiness Assessment va Gap Analysis asosida kompaniyalarning tayyorlik darajasini baholash;
🗣 emitentlarni xalqaro ESG reytinglariga tayyorlash;
🗣 iqlimga oid axborotni ochish va issiqxona gazlari emissiyalarini hisoblash bo‘yicha yondashuvlarni joriy etish;
🗣 ISSB, SASB va boshqa xalqaro standartlar bo‘yicha o‘quv seminarlari va amaliy treninglar tashkil etish.

Muhokama qilingan tashabbuslar emitentlarda ESG amaliyotini tizimli yo‘lga qo‘yish, korporativ boshqaruv sifatini oshirish hamda investorlarga taqdim etiladigan axborotning shaffofligi, taqqoslanuvchanligi va ishonchliligini kuchaytirishga qaratilgan.

🌐 Рус | Eng

Kanalga a'zo bo'lish 👈
Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
  • ❤ 4
  • 👍 1
  • 🙏 1
More from @uzseofficial
  1. Oct 9, 2026❗️2026-yil 8-oktyabr holatiga ko‘ra, “Toshkent” Respublika fond birjasida savdolarning umu…
  2. Oct 9, 2026❗️UzNIF qimmatli qog‘ozlarining Toshkent va London fond birjalaridagi kunlik narxlar bo‘yi…
  3. Oct 8, 2026BIRJAVIY TAHLIL | 08.10.2026 UCI indeksi 2045,53 band darajasida yopilib, 53,76 bandga yok…
  4. Oct 8, 2026❗️ DIQQAT: LISTING! “93-MAXSUS TREST” AJning oddiy aksiyalari birja kotirovkalash varag‘ig…
  5. Oct 8, 2026📈 2026-yil sentabr oyi yakunlari bo‘yicha obligatsiyalar savdosi natijalari 2026-yil sent…
  6. Oct 8, 2026❗️2026-yil 7-oktyabr holatiga ko‘ra, “Toshkent” Respublika fond birjasida savdolarning umu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →