TGViewer
AI/ML, Data (Science, Engineering, Analytics), Dev/ML Ops & IT | IT-вакансии в Узбекистане / O'zbekistondagi IT vakansiyalar AI/ML, Data (Science, Engineering, Analytics), Dev/ML Ops & IT | IT-вакансии в Узбекистане / O'zbekistondagi IT vakansiyalar @uzpythonjobs · 2.54K subscribers
Post #763 1.43K
Python dasturchilari va backend yo‘nalishida rivojlanmoqchi bo‘lganlar uchun.

Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga qabul boshladi.
10–31 oktyabr kunlari Toshkentda backend dasturlash, algoritmlar va sun’iy intellekt bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Boshlovchilar uchun ayniqsa qiziq jihati — dastur yakuniga ko‘ra eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tishlari mumkin.

Shuningdek, kompaniya dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati ham bo‘ladi.

Dastur IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.

O‘zbekiston hududlaridan ishtirok etadigan eng yaxshi nomzodlarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi Yandex tomonidan qoplanadi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 30 sentyabr.

Dev Camp'da ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.


https://t.me/uzpythonjobs
  • ❤ 2
  • 🔥 2
More from @uzpythonjobs
  1. Sep 28, 2026AI/ML, Data (Science, Engineering, Analytics), Dev/ML Ops & IT | IT-вакансии в Узбекистане…
  2. Sep 26, 2026🚀 AI Product Engineer Intern — Mohirlar Компания Mohirlar открывает набор на 3 позиции AI…
  3. Sep 21, 2026🚀 Вакансия: Middle ML Engineer 🏢 Компания: Комитет Республики Узбекистан по безопасности…
  4. Sep 21, 2026🚀 Вакансия: Заместитель директора DigitStat 🏢 Компания: «Raqamli statistika markazi — DI…
  5. Sep 21, 2026🚀 Вакансия: Head of Data Governance and AI 🏢 Компания: «DigitStat — Raqamli statistika m…
  6. Sep 21, 2026🚀 Вакансия: Full Stack Developer — Go / Python / React (Middle+ / Senior) 🏢 Компания: «D…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →