Software Engineer (Middle+) qidirmoqdamiz.
Biz haqiqiy mijozlarga ega B2B SaaS mahsulotini rivojlantirmoqdamiz. Bu faqat backend bilan cheklanadigan pozitsiya emas. Vazifaga qarab siz quyidagi yo'nalishlarda ishlaysiz:
• Backend;
• Frontend;
• DevOps va infratuzilma;
• AI / LLM integratsiyalari;
• Production muhitidagi real muammolarni tahlil qilish va debugging.
Bu junior mutaxassislar bilan to'ldirilgan navbatdagi kompaniya emas. Siz o'z sohasida 7+ yillik tajribaga ega ekspertlar bilan bir jamoada ishlaysiz. Talablar yuqori, lekin buning evaziga o'rganish va professional o'sish imkoniyati ham juda katta.
Biz kutayotgan nomzod:
• Software engineering yo'nalishida kamida 4 yillik amaliy tajribaga ega;
• Zamonaviy dasturlash tillaridan kamida bittasini yaxshi biladi (JavaScript / TypeScript, Python, Go yoki shunga o'xshash);
• React / Next.js bilan ishlay oladi (yoki uni tez o'zlashtirishga tayyor);
• Faqat endpoint yozish emas, balki servislarni loyihalash va masshtablashni ham tushunadi;
• Cloud platformalari (GCP va/yoki Azure) hamda CI/CD bilan ishlash tajribasiga ega;
• SQL / PostgreSQL va Git'ni yaxshi biladi;
• Claude Code, Codex va shunga o'xshash AI dasturchi vositalaridan faol foydalanadi va ular yordamida real mahsulotlar yaratadi;
• MCP nima ekanligini va undan qanday foydalanishni biladi;
• Uchinchi tomon tizimlari bilan integratsiya qilish tajribasiga ega (Bitrix24 kabi CRM, OnlinePBX kabi telefoniya, messaging yoki payment API'lari).
Biz taklif qilamiz:
• Tajribangizga qarab oyiga 15 mln+ so'mdan boshlab maosh;
• ESOP (Employee Stock Option Plan) orqali kompaniya ulushiga ega bo'lish imkoniyati;
• Haqiqiy mijozlarga ega B2B SaaS mahsuloti ustida ishlash imkoniyati, oddiy test loyihasi emas.
Biz uchun diplom yoki sertifikatlardan ko'ra, sizning fikrlash tarzingiz, muammolarni qanday hal qilishingiz va amalda nimalar yaratganingiz muhimroq.
Ariza topshirish uchun quyidagi formani to'ldiring:
Ariza formasi havolasi
Faqat keyingi bosqichga o'tgan nomzodlar bilan bog'lanamiz.
👉 @uzpythonjobs
Post #753
2.3K