Mohirlar jamoasiga 3 nafar Software Engineer Intern qabul qilamiz.
Bu faqat backend internship emas. Siz real mahsulot ustida ishlab, vazifaga qarab:
— backend;
— frontend;
— DevOps;
— AI integratsiyalari;
— production muammolarini tahlil qilish va debug qilish kabi yo‘nalishlarda tajriba orttirasiz.
Barcha yo‘nalishlarni oldindan mukammal bilish shart emas. Biz uchun eng muhimi — tez o‘rganish, mustaqil fikrlash va vazifani natijagacha olib borish qobiliyati.
Sizdan kutamiz:
— Python dasturlash tilini yaxshi bilish;
— Django REST Framework yoki FastAPI bilan ishlay olish;
— ingliz tilidagi texnik hujjatlarni tushunish;
— Git va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha asosiy bilim;
— muammoni mustaqil tahlil qilish va debug qilish ko‘nikmasi;
— Claude Code, Codex va boshqa AI development toollaridan foydalana olish;
— MCP nima ekanligini tushunish;
— kerak bo‘lsa frontend va DevOps vazifalarini ham o‘rganib bajarishga tayyorlik;
— mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
Biz nima taklif qilamiz?
— 3 oylik pullik internship;
— real foydalanuvchilari bor microservice loyiha ustida ishlash;
— tajribali jamoa bilan ishlash;
— code review va amaliy yordam;
— backend, frontend, DevOps va AI bo‘yicha real tajriba;
— yaxshi natija ko‘rsatgan nomzodlarga doimiy ish imkoniyati.
Biz uchun diplom yoki sertifikatdan ko‘ra, siz qanday fikrlashingiz, muammoni qanday hal qilishingiz va qanday natija ko‘rsatishingiz muhim.
Ariza topshirish uchun quyidagi formani to‘ldiring:
Arizani shu yerga yuboring
Faqat keyingi bosqichga o‘tgan nomzodlar bilan bog‘lanamiz!
👉 @uzpythonjobs
Post #744
2.78K