Faoliyatimizni biroz sarhisob qilish maqsadida so'rovnoma o'tkazgan edik. So'rovnoma mazmuni va maqsadi: "faoliyatimiz qanchalik o'zini oqlayapti va yana davom etishimizga sabablar bormi" - degan savollarga javob olish edi. So'rovnoma yaratdik va natijalar kutilganidan ko'ra yaxshiroq, ammo so'rovnomada qatnashchilar bergan javoblari qanchalik rost yoki yolg'on buni aniq bila olmaymiz. Shu qatnashchilar(77 ta) ichida 1 ta foydalanuvchi javobi rost bo'lib, o'sha insonga foydamiz tekkan bo'lsa ham, ushbu kanalni faoliyatini davom ettirishga va o'zimiz uchun qadrli bo'lgan vaqtimizni ajratishda davom etishga kuch topamiz!
Natijalar quyidagicha:
1. 66% - 51 ta odam ish topgan;
2. 59% - 46 ta odam, o'ziga kerakli mutaxasisni topgan.
Albatta, bu shunchaki chalg'ituvchi raqamlar ham bo'lishi mumkin, ammo 51 ta odamdan 1 ta bo'lsa ham insonni to'g'ri javob bergan deb ishonamiz!
Ha aytgancha, 27 ta dislike mani hayron qoldirdi 😄, ha mayli shu 27 ta reaksiya bildirgan insonlarga ham rahmat 🙏!
Barchangizga rahmat!
Post #267
1.24K
