TGViewer
Ассоциация психиатров Узбекистана! Ассоциация психиатров Узбекистана! @uzpaorg · 776 subscribers
Post #2509 232

Forwarded from РУҲИЙ САЛОМАТЛИК ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТИББИЁТ МАРКАЗИ

🇺🇿 🇹🇷Turkiyalik mutaxassis Markazimiz faoliyati bilan tanishdi

⏺Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Turkiya Respublikasidan jalb etilgan ekspert, professor Irfan Shenjan hamda "Sag'lik group" boshqaruv ofisi eksperti Xomidov Feruz Qosimovichlar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.

O'rganish davomida markazning bugungi faoliyati, mavjud imkoniyatlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuvlarda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jumladan:
🔹tibbiy ta’lim va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlarining Turkiyada stajirovka va tahsil olishini tashkil etish;
🔹Turkiyaning yetakchi universitetlari, klinikalari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
🔹tibbiyot muassasalari o‘rtasida tajriba almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
🔹sog‘liqni saqlash sohasida innovatsiyalar, raqamlashtirish va samarali boshqaruv tajribalarini o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish;
🔹hamkorlik bo‘yicha aniq takliflar va istiqbolli “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o'rganish ruhiy salomatlik sohasida xalqaro tajribani keng joriy etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
More from @uzpaorg
  1. Sep 26, 2026photo post
  2. Sep 26, 2026🌍 Новости Генеральной Ассамблеи Всемирной психиатрической ассоциации (WPA) Сегодня принят…
  3. Sep 26, 2026ДИНАМИКА РАЗВИТИЯ НАУЧНОГО ПОТЕНЦИАЛА 🔺На профильных кафедрах медицинских вузов и в Респу…
  4. Sep 25, 2026Научные исследования специалистов Узбекистана представлены на Всемирном конгрессе психиатр…
  5. Sep 25, 2026Marco Sarchiapone- профессор медицины (MD), руководитель кафедры медицины и наук о здоровь…
  6. Sep 23, 2026Исторический кадр WCP 2026 Историческое фото, объединившее на одной площадке президентов и…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →