🎉 MyID iBeta xalqaro sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi
✔️ UZINFOCOM’ning MyID biometrik verifikatsiya tizimi Amerikaning “iBeta Quality Assurance” laboratoriyasida ISO/IEC 30107-3, Level 2 xalqaro standartiga muvofiqlik bo‘yicha mustaqil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
🌎 Eng muhimi, MyID Markaziy Osiyoda iBeta Level 2 sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, to‘liq mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan yagona yechim hisoblanadi. Bu nafaqat UZINFOCOM, balki mintaqaning texnologiya sohasi uchun ham ulkan natija bo‘lib, O‘zbekistonda yaratilgan biometrik texnologiyalarning xalqaro talablarga to‘liq javob berishini tasdiqlaydi.
🔐 Sinov jarayonida MyID tizimining soxta yuz artefaktlaridan foydalangan holda shaxsni soxtalashtirish (o‘rniga kirish) bo‘yicha turli urinishlarga nisbatan chidamliligi tekshirildi. Barcha hujumlar tizim tomonidan muvaffaqiyatli qaytarildi, haqiqiy foydalanuvchilar esa verifikatsiyadan hech qanday to‘siqsiz o‘tishda davom etdi.
🔘 iBeta Quality Assurance — NIST/NVLAP tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va biometrik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan AQShning mustaqil laboratoriyasidir. Uning sinov natijalari texnologiya kompaniyalari, moliya institutlari hamda regulyatorlar uchun biometrik yechimlar ishonchliligini baholashda muhim mezon (mo‘ljal) bo‘lib xizmat qiladi.
➡️ MyID uchun bu O‘zbekistonning o‘z ishlanmalari xalqaro talablarga javob bera olishi va global miqyosda raqobatlasha olishining yana bir tasdig‘idir.
➿➿➿➿➿
🎉 MyID успешно прошёл международное тестирование iBeta
✔️ Система биометрической верификации MyID от UZINFOCOM успешно прошла независимое тестирование в американской лаборатории iBeta Quality Assurance на соответствие международному стандарту ISO/IEC 30107-3, Level 2.
🌎 Особенно важно, что MyID — единственное в Центральной Азии решение собственной разработки, успешно прошедшее тестирование iBeta Level 2. Это значимый результат не только для UZINFOCOM, но и для технологической отрасли региона — он подтверждает соответствие разработанных в Узбекистане биометрических технологий международным требованиям.
🔐 В ходе тестирования MyID проверили на устойчивость к различным попыткам подмены личности с использованием поддельных артефактов лица. Все атаки были успешно предотвращены системой, при этом настоящие пользователи продолжали успешно проходить верификацию.
🔘 iBeta Quality Assurance — независимая американская лаборатория, аккредитованная NIST/NVLAP и специализирующаяся на тестировании биометрических технологий. Результаты её испытаний являются важным ориентиром для технологических компаний, финансовых организаций и регуляторов при оценке надёжности биометрических решений.
➡️ Для MyID это очередное подтверждение того, что собственные разработки Узбекистана способны соответствовать международным требованиям и конкурировать на глобальном уровне.
Post #4219
1.18K
