TGViewer
Посольство Узбекистана в России Посольство Узбекистана в России @uzembassy_ru · 2.23K subscribers
Post #8083 77

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌“Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”;

📌“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”;

📌Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi;

📌Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;

📌Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi;

📌Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi;

📌Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi;

📌Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi;

📌Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;

📌Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi;

📌Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi;

📌Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi;

📌Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi;

📌“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi;

📌Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi.

Facebook|Instagram|X
More from @uzembassy_ru
  1. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisi…
  2. Oct 9, 2026Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на расширенном заседании Совета глав г…
  3. Oct 9, 2026Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств СН…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Avaza” milliy say…
  5. Oct 9, 202627-29 октября в столице Узбекистана будет работать юбилейная международная выставка «Горно…
  6. Oct 9, 202627–29-oktabr kunlari Toshkentda “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →