TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 108K subscribers
Post #46082 23.6K
🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidoğu” maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasalarining o‘qitish uslublari, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishildi.

“Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.


Uning qayd etishicha, tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish, maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📌Ibn Xaldun universiteti — 2015-yilda tashkil etilgan xususiy tadqiqot universiteti. Unda gumanitar va ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor qaratiladi, ta’lim ingliz, turk va arab tillarida olib boriladi. Universitetda 1 800 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Oliy ta’lim muassasasi O‘zbekistonning sakkizta yetakchi universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.

📌“Yenidoğu” maktabi esa maktabgacha ta’limdan yuqori sinflargacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayonida an’anaviy qadriyatlar zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bolalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ijodiy hamda amaliy loyihalarga jalb etishga alohida e’tibor beriladi.


Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • 👍 8
  • 💯 2
  • 👏 1
  • 🏆 1
More from @uzedu
  1. Oct 15, 2026#Vazirning_shaxsiy_qabuli Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbos…
  2. Oct 15, 2026#Jasorat_maktablari “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining “Va’da berish” marosimi bo‘lib o…
  3. Oct 15, 2026‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o…
  4. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_haqimizda ➖ Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi II xalqaro fizika olimpiadasi 10-17-oktab…
  5. Oct 15, 2026Post #46085
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →