Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.
Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun aslida o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Lekin, ming afsuski, amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan.
Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi.
Shu bilan birga, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.
—
Мне доложили о трагедии, произошедшей в Намангане. Узнав об этом, я испытала настоящий гнев.
За такие чудовищные преступления, на мой взгляд, действительно должна применяться смертная казнь. К сожалению, действующий закон её не предусматривает.
Все необходимые указания соответствующим органам даны. Преступник понесёт предельно жёсткое наказание. А также все те, кто допустил это, проявил халатность и не уберёг ребёнка.
Вместе с тем, мы готовим предложения по внесению изменений в законодательство, чтобы максимально ужесточить ответственность за такие преступления.
Post #45801
5.75K
Forwarded from Saida Mirziyoyeva